Saudiya Arabistonining Saudi Aramco davlat neft kompaniyasi joriy yilning 2-çoragi va birinçi yarim yilligi böyiça moliyaviy hisobot taqdim qildi. 2-çorakda kompaniyaning sof daromadi 73 foizga kamayib, 6,6 mlrd dollarni taşkil qilgan. Yarim yillik yakunlariga köra esa kompaniyaning daromadi 50 foizga qisqarib, 23,2 mlrd dollargaça tuşib ketgan.
Kompaniyaning bunday salbiy natijalari pandemiya vaqtida energiya taşuvçilarga talab kamaygani va neft narxining keskin pasayib ketişi sababli kutilmagan holat bölmagan.
Boşqa neft-gaz kompaniyalari ham zarar körganini ma'lum qilgan. Şu sababli ulardan köpçiligi dividendlarni qisqartira boşlagan. Jumladan, 2-çorak böyiça zarar körganini ma'lum qilgan British Petroleum 2010 yildan beri ilk bor dividendlarni qisqartirişini e'lon qilgan. Shell kompaniyasi esa 1-çorakdan keyinoq dividenlari pasayişini e'lon qilgan. Bu qisqartiriş kompaniya uçun Ikkinçi jahon uruşidan beri birinçisi bölgan.
Saudi Aramco boşqa energetik kompaniyalardan farqli, hozirça dividendlarni qisqartirmoqçi emas. U avval kutilgandek, öz aksiyadorlariga 18,75 mlrd dollar dividend tölab beradi.











