Vazirlar Mahkamasining “Davlat organlari va taşkilotlarida erkin tarqatiladigan, oçiq kodli dasturiy ta'minotlarni joriy qiliş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi muhokama uçun joylaştirildi.
2021 yil 1 yanvardan davlat organlari va taşkilotlarida erkin tarqatiladigan, oçiq kodli, sertifikatlangan va axborot xavfsizligi talablariga javob beradigan barça turdagi dasturiy ta'minotlardan foydalaniş joriy etiladi.
Davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va taşkilotlarida erkin tarqatiladigan, oçiq kodli dasturiy ta'minotlarni joriy qiliş çora-tadbirlar rejasi tasdiqlanadi.
2021 yil 1 iyuldan davlat organlari va taşkilotlari texnik tartibga soliş sohasidagi me'yoriy hujjatlar bilan örnatilgan, axborot xavfsizligi talablariga muvofiq “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan sertifikatsiyadan ötkazilgan oçiq kodli dasturiy ta'minotlardan majburiy foydalaniş belgilanadi.
“Kiberxavfsizlik markazi” DUK sertifikatsiyalangan oçiq kodli dasturiy ta'minotlar Yagona reyestrini şakllantiradi va doimiy ravişda yuritib boradi.
Davlat organlari va taşkilotlari:
çora-tadbirlar rejasida nazarda tutilgan tadbirlarning öz vaqtida va sifatli amalga oşirilişini ta'minlaydi;
bajarilgan işlar böyiça har çorakda Özbekiston Respublikasi Axborotlaştiriş va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat böyiça davlat inspeksiyasiga ma'lumot berib boradi.
Uşbu tadbirlarni amalga oşiriş bilan boğliq xarajatlar davlat organlari uçun ularning budjetdan taşqari fondlari hisobidan, boşqa taşkilotlar uçun özlarining daromadlari hisobidan ta'minlanişi belgilanadi.
Qarorning bajarilişini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantiriş masalalari departamenti zimmasiga yuklanadi.












