Audi S3 Sportback va S3 Sedan modelini 6 burçakli Singleframe panjarasi orqali tanib oliş mumkin. S3 modellarining avvalgi avlodiga nisbatan yangi avtomobillarning ölçami kattalaşgan. Sportback modifikatsiyasi 3 santimetrga uzaygan, «sedan» esa 4 santimetrga. Yangi S3 modellarini bazaviy 18 dyuymli yoki qöşimça tölov orqali 19 dyuymli ğildiraklar bilan xarid qiliş mumkin.
:no_upscale()/imgs/2020/08/11/12/4045553/04e0e374f227576ffd7eba56135833b71347cc2f.jpg)
Yangi modifikatsiyalar saloni alyumin va karbon qöşimçalarga ega tabiiy teri bilan bezalgan. 10,25 dyuymli pribor paneli örnatilgan. Bundan taşqari, Wi-Fi ulaniş nuqtasi va yöllardagi holatni başorat qiliş texnologiyasi bilan boyitilgan. Yana bir öziga xos xususiyati - Audi Connect kaliti bölib, avtomobil dvigateli smartfon orqali işga tuşirilişi, eşiklari oçilib, yopilişi mumkin.
:no_upscale()/imgs/2020/08/11/12/4045563/906ea9d770a7530c156d256741496317db923af4.jpg)
Yangi S3 modellariga 2 litrli, 310 ot kuçiga ega TFSI dvigatellari örnatilgan. Avtomobil 7 bosqiçli «robot» uzatma qutisiga ega. 100 km/soat tezlikka 4,8 sekund içida çiqadi. Maksimal tezlik 250 km/soatga teng.
Yangi Audi S3 modellariga Yevropada 2020 yil avgust oyidan buyurtma beriş mumkin böladi. Ilk avtomobillar oktabr oyida dilerlarga yetkaziladi. Germaniyada S3 Sportback narxi 46,3 ming yevrodan (hozirgi valuta kursi böyiça 539 mln söm) boşlanadi. S3 Sedan narxi qimmatroq – 47,1 ming yevro (yoki 568 mln söm). Şuningdek, savdoga Edition one çeklangan seriyali avtomobillar ham çiqariladi. Ular Python Yellow va Tango Red ranglarida mijozlarga taklif etiladi.












