«Hoshimov iqtisodiyoti» dasturi doirasida Behzod Hoshimov San-Fransiskodagi Kaliforniya universiteti professori, virusolog olim Şarof Tugizov bilan «Covid-19’ning kelib çiqişi, tarqalişi va davosi» mavzusida suhbat uyuştirdi.
- Binolarning kiriş qismida xlorli tunnellar qilinyapti. Uning çekkasidan xlorli suv tuşyapti. Men öqigan ma'lumotlarga köra, xlor virusni öldirmaydi. Şu yerda men adaşyapmanmi? Yoki Özbekistonda hamma yerga xlor sepilişi maqsadga muvofiqmi?
- Xlor virusni öldiradi. Lekin [odamning] ustiga xlor sepişning foydasi yöq, çunki virus oğiz burundan taşqariga çiqadi, taşqariga çiqqanidan keyin u tarqalib ketadi. Faqat bir metr atrofidagi masofadagi odam bilan kontakt bölsa, virus yuqiş ehtimoli yuqori, ikki metrdan keyin yuqiş ehtimoli juda ham kam. 4-5 metrdan keyin yuqiş ehtimoli umuman yöq.
Kiyim-boşning ustiga xlor qilingani bilan bu qançalik samarali ekanini bilmadim. Ayniqsa maşinaning ustiga. Maşina şinasining ustiga xlor bilan işlov beriş mumkin. Asfaltda yurgan vaqtingizda asfaltning yuzasiga odamlarning sölagi tuşgan bölişi, unda katta konsentratsiyadagi virus bölişi mumkin. Öşanda balki yordam berişi mumkin.
- Yana bir savol. Antivirus, xlorli konsentratli narsani taqib yurişibdi. Ana şunday narsani kördingizmi, yöqmi?
- Körganim yöq. Lekin uning foydasi yöq. Uni taqib yurganingiz bilan xlor özidan özi aerozol bölmaydi. Yana bir marta aytyapman, niqob juda katta ahamiyatga ega.
- Virusning asoratlari haqida gapiradigan bölsak. Virusga çalingan odamning öpkasida qandaydir yomon narsa surunkali qolib ketişi ehtimoli bor deyişadi. Şu rostmi?
- Rost. Bu virus köp öpkada fibroz çaqiradi. Öpkada bronxlarning örniga fibroplastlarga öxşagan biriktiruvçi töqimalar paydo böladida, tuzalib ketgandan keyin ham öpkaning hajmi kiçkina bölib qoladi. Öpka yaxşi işlamagani uçun kalta nafas oladigan bölib qoladi odam. Bu katta muammoni keltirib çiqaradi. Qon tomirlarining içida endoteliy hujayralar bor, öşalar yalliğlanadi. Bu boşqa organlar – yurak, buyrakda ham muammolar keltirib çiqaradi. Xullas, asoratlari qolişi mumkin.
Töliq suhbatni Hoshimov iqtisodiyoti’ning Youtube’dagi kanali













