Parlamentning fundamental vazifasi – kimdan qança miqdorda soliq undiriş va yiğilgan pullarni qayerga sarflaşni hal qilişdan iborat, deydi Nyu York universiteti professori Behzod Hoşimov. U Kun.uz muxbiri bilan suhbatda erkin saylovlar orqali şakllangan parlamentlar qanday işlaşi haqida sözlab berdi.
Dunyo sönggi asrlarda bemisl taraqqiyotga erişganining sabablaridan biri – ming yillar davomida amal qilib kelgan an’anaviy davlat boşqaruvining özgarişlarga yuz tutişi böldi. Hukumatlar va sudlar qadim zamonlardan beri bor, hokimiyatning uçinçi böğini – parlamentlar esa hozirgi şaklda asosan 17-asrdan boşlab şakllana boşladi.
Kun.uz muxbiri qonun çiqaruvçi hokimiyatning iqtisodiy rivojlanişdagi örni atrofidagi savollar bilan Nyu York universiteti professori, iqtisodçi Behzod Hoşimov bilan suhbatlaşdi.
Uning sözlariga köra, iqtisodiy nuqtayi nazardan parlamentning asosiy funksiyalaridan biri – jamiyat resurslarini qayerga va qanday taqsimlaş masalalarini hal qilişdir.
“Jamiyatlar tarixan bir xulosaga kelişgan: soliqlardan yiğilgan budjetni hammamiz kelişib sarflaşimiz kerak. Oddiy qilib aytganda, aytaylik, bir mamlakat bor. U mamlakatning öziga yaraşa xarajatlari bor. Masalan, xavfsizlikni ta’minlaş, boğlar va örmonlarni muhofaza qiliş va hakozo. Bu xarajatlarning qiziq tomoni şundaki, ularni qilsak, barçamiz manfaatdormiz. Qilinmasa, barçamiz zarar köramiz. Lekin şu narsani bir taşkilot ta’minlasa, u taşkilotning xizmatidan men yoki boşqa inson iste’mol qilsa ham, öşa narsa kamayib qolmaydi. Buni tuşuntirişga harakat qilaman. “Ijtimoiy tovar” yoki “jamoat tovarlari” degan iqtisodiy termin bor. Ijtimoiy tovarlarning asosiy xususiyati şundayki, ularni kimdir iste’mol qilsa, kamayib qolmasligi kerak. Masalan, toza havodan bir inson foyda olsa, ikkinçi insonning havosini ifloslantirib qöymaydi. Xuddi şunday, havo mudofaasi masalasida, agar sizning ustingizdan qandaydir qiruvçi samolyotlar uçmasa, boşqaning ustidan ham uçişini kamaytirib qöymaydi. Aksinça, non yoki ozuq-ovqat kabi tovarlarni bir kişi iste’mol qilsa, ikkinçiga kamroq qolişi mumkin nazariy jihatdan. Ammo jamoat tovarlari köpinça bunday emas.
Endi, şu narsalarni – jamoat tovarlarini kimdir yetkazib berişi kerak. Jamiyatda hammaga bundan manfaat bor, lekin heç kim bunga pul sarflagisi kelmaydi. Şuning uçun ham, jamiyatlar “örtaga pul taşlaylik-da, örtaga taşlagan pulimizni budjet, uni taqsimlaş bilan şuğullanadigan taşkilotni parlament deb ataylik” degan.
Buni kiçik darajada gaplaşsak, masalan, bir podezd bor va unda neçtadir xonadon joylaşgan. U xonadonlar pul yiğib, podezdni tozalaşga kimnidir yollaşi mumkin. Toza bölgandan keyin, barça xonadon a’zolari manfaat körişadi, heç kim zarar körmaydi. Lekin masalan, podezdni tozalaşga pul tölamagan inson ham foyda olaveradi. Siz uni bundan çeklay olmaysiz. Şunday tovar va xizmatlari jamoat ne’matlari yoki tovarlari deb ataymiz. Ularni moliyalaştiriş uçun yaratilgan institut – bu parlament”, – deydi Hoşimov.












