Prezidentning “Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda Toşkent şahri va Toşkent viloyatida davlat-xususiy şeriklik asosida davlat umumiy örta ta'lim maktablarini taşkil etiş töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Quyidagilar:

a) Xalq ta'limi vazirligi tomonidan Osiyo taraqqiyoti banki bilan hamkorlikda davlat-xususiy şeriklik asosida Toşkent şahri va Toşkent viloyati hududida maktablar qurilişi, ta'mirlanişi, jihozlanişi va texnik xizmat körsatilişiga xususiy investorlarni jalb qiliş böyiça loyihani amalga oşiriş taklifiga rozilik beriladi;

b) Toşkent şahar hokimligi va Toşkent viloyat hokimligi davlat-xususiy şeriklik asosida maktablarni taşkil etiş maqsadida Xalq ta'limi vazirligining hududiy bölinmalariga:

  • Toşkent şahri hududidagi yer maydonlarini;
  • Toşkent viloyati hududidagi (ekin) yer maydonlarini ajratadi.

Toşkent şahri va Toşkent viloyatida davlat-xususiy şeriklik asosida davlat maktablarini taşkil etiş böyiça Işçi guruh tarkibi tasdiqlanadi.

Işçi guruhga:

  • loyiha yuzasidan tegişli qarorlarni qabul qiliş;
  • yer maydonlarining örni va maydoniga özgartirişlar kiritiş;
  • loyiha asosida maktablarni taşkil etiş, zamonaviy uskunalar, mebel, kompyuter texnikasi, metodik qöllanmalar va boşqa vositalar bilan ta'minlaş, şuningdek, ularga texnik xizmat körsatiş böyiça namunaviy loyihalar va me'yorlarni tasdiqlaş;
  • davlat-xususiy şeriklik töğrisidagi bitimni tuziş huquqi böyiça tender ğolibini aniqlaş uçun tender komissiyasi tarkibini tasdiqlaş huquqi beriladi.

Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi va Içki işlar vazirligi Xalq ta'limi vazirligining buyurtmanomalariga asosan mazkur qarorni amalga oşiriş doirasida jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislar hamda ularning oila a'zolari uçun köp martalik kiriş vizalariga konsullik va boşqa yiğimlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylaştirilişini hamda Özbekiston Respublikasidagi vaqtinça turar joyi böyiça röyxatga olinişi va vaqtinça turgan joyi böyiça röyxatga oliniş muddati uzaytirilişini ta'minlaydi.

Özbekiston Respublikasida işlab çiqarilmaydigan va belgilangan tartibda şakllantiriladigan röyxatlar böyiça davlat-xususiy şeriklik asosida maktablarni quriş, rekonstruksiya qiliş, jihozlaş va faoliyatini ta'minlaş uçun olib kelinadigan uskunalar, kompyuter texnikasi, öqitişning texnik vositalari, adabiyotlar, multimedia mahsulotlari hamda quriliş materiallari, butlovçi buyumlar, ehtiyot qismlar 2024 yil 1 yanvargaça bojxona tölovlaridan (bojxona rasmiylaştiruvi uçun yiğimlardan taşqari) ozod etiladi.