Bugun 12 avgust kuni, Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov Söx tumaniga taşrif buyurdi.
Farğona viloyati hokimligi axborot xizmati xabariga köra, undan asosiy maqsad prezidentning joriy yil 8 avgust kuni “2020-2021 yillarda Farğona viloyatining Söx tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qabul qilgan qarorida belgilangan vazifalarni hayotga tatbiq etişdan iborat.
Mazkur qaror asosida qabul qilingan dasturga 146 ta loyiha kiritilgan bölib, 639 milliard söm mablağ sarf etiladi.
Jumladan, Söx tumanida samolyot va vertolyotlarga uçiş-qöniş maydonçasi taşkil etilmoqda.
Farğona viloyati Söx tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş borasida rejalaştirilgan barça çora-tadbirlar öz muddatida sifatli amalga oşiriladi. Bu haqda boş vazir Abdulla Aripov tuman faollari bilan bölib ötgan yiğilişda ma’lum qildi.

Xususan, davlat rahbarining qaroriga köra, Farğona viloyati hokimligiga bir oy muddatda Söx tumanida samolyot va vertolyotlar uçun uçiş-qöniş maydonçalarini taşkil etiş vazifasi yuklatilgan. Ayni kunlarda bu borada amaliy işlar boşlandi. Xususan, Söx tumani “Novobod” mahalla fuqarolar yiğini hududida kiçik aeroport taşkil etilmoqda. Mazkur maydon salkam 10 gektar maydonni egallaydi. Bu yerdan ilgari mahalliy aholi aeroport sifatida foydalangan. Şuningdek, “Farğona” xalqaro aeroportida ham mazkur yönalişda aniq tadbirlar işlab çiqildi.
Aviaqatnovlarga Özbekistondagi Humo Air aviakompaniyasining An-2 samolyoti hamda Özbekiston havo yöllarining Uzbekistan Helicopters mas’uliyati çeklangan jamiyatiga qaraşli MI-8 vertolyotlarini jalb qiliş közda tutilmoqda.
An-2 samolyoti 12 ta yölovçi siğimiga, MI-8 vertolyoti esa 16 nafardan 20 nafargaça odam oliş imkoniyatiga ega hisoblanadi. Yölovçilar 35-40 daqiqada Farğonadan Söxga yoki Söxdan Farğonaga yetib oliş imkoniyatiga ega böladi. Parvozlarni hozirça kuniga 2 tadan amalga oşiriş möljallanmoqda. Kelgusida talabga qarab aviaqatnovlar köpayişi mumkin.
Transport vazirligi aviaqatnovlarning çipta narxlari yölovçilar uçun maqbul narxlarda bölişi böyiça tegişli tadbirlarni işlab çiqmoqda. Qarorda Farğona şahridan Söx tumaniga kiçik aviatsiya transporti qatnovi böyiça körilgan zararlarni qoplaş uçun kompensatsiya tölovlarini joriy yilda Vazirlar Mahkamasining zaxira jamğarmasidan qoplanişini va kelgusi yillarda Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilişini ta’minlaş belgilangan.












