Bu orada aksiyalari ötgan hafta 5 foizga qimmatlaşgan Apple’ning kapitallaşuvi 2 trln dollarga yaqinlaşib qoldi.

2011 yilda Apple rahbari va asosçilaridan biri Stiv Jobs hayotdan köz yumganda kompaniyaning bozor narxi 350 mlrd dollarni taşkil qilgan. Şundan keyin kompaniya bozor narxi Tim Kuk rahbarligida deyarli 6 marta qimmatlagan.

Kuk 2015 yilda boyligining asosiy qismini xayriyaga ajratişni rejalaştirayotgani va Apple’ning 1 mln dollarlik aksiyalarini xayriya qilganini ma'lum qilgan. Agar u boşqa xayriyalarni amalga oşirgan bölsa, uning boyligi 1 mlrd dollardan kamroqni taşkil qilişi ham mumkin.

Kuk öz kapitalining asosiy qismini Apple’da 1998 yilda işlay boşlagandan beri aksiyalar körinişidagi mukofot sifatida olgan.

Avgustda Apple aksiyalari narxi keskin tuşib ketmasa, Kuk 9-marta mukofot puli olişi kerak. Buning natijasida uning kapitali yana 100 mln dollarga köpayadi.

Ayni vaqtda Kukga Apple’ning 847 ming 969 dona yoki 375 mln dollarlik 0,02 foiz aksiyasi tegişli. Bloomberg hisob-kitoblariga köra, aksiyalar sotilişi, dividendlar va boşqa kompensatsiyalardan olingan daromad uning boyligini yana 650 mln dollarga oşirgan.

Apple ötgan ön yillikda iPhone kabi innovatsion maşulot taqdim qila olmagan bölsa-da, u bozorda barqaror örinni saqlab kelmoqda. Kuk iPhone X va Apple Watch “aqlli” soatlari, yangi servislar, jumladan Apple Music işlab çiqilişiga javobgar bölgan va yangi sohalardagi, jumladan haydovçisiz boşqariladigan avtomobil va töldirilgan reallik közoynaklari sohasidagi tadqiqotlarni nazorat qiladi.

Apple’ning kapitallaşuvi yil boşidan 52,2 foizga ösib, ayni vaqtda 1,93 trln dollarni taşkil qilmoqda.