Bugun, 12 avgust kuni Xalqaro press klubning qabul masalalariga bağişlangan sessiyasida Davlat test markazi direktori Majid Karimov imtihonni taşkil qiliş jarayoni haqida ma'lumot berdi.

«Joriy yil kiriş imtihonlarida iştirok etiş uçun 1 million 484 ming 85 nafar abituriyent röyxatdan ötgan, ularning 1 million 361 ming nafardan ortiği test sinovlarida iştirok etadi. Bu juda katta raqam hisoblanadi. Pandemiya davrida test sinovlarini taşkil qiliş esa ma'lum şaroitlarni talab qiladi.

Avval tayyorlangan yirik pavilonlar esa alohida talablarga javob bermaydi. Şuning uçun respublikada şaroit bor hududlarda imtihonlarni oçiq havoda ötkaziş böyiça tayyorgarlik boşlandi. Hozir bu yönalişda işlar olib borilmoqda», dedi Majid Karimov.

DTM direktorining qayd etişiça, Toşkent şahrida 15dan ortiq stadion va turli boğlar örganib çiqilib, Toşkent şahrida 1 smena uçun 10 mingga yaqin joy tayyorlandi, 2ta smenada esa 20 ming abituriyent imtihon topşirişi mumkin böladi. Respublika böyiça esa bir kunda 100 ming abituriyent imtihon topşirişi rejalaştirilgan. Abituriyentlarga tibbiy niqob, qölqopdan taşqari boş kiyimi ham tarqatiş rejalaştirilmoqda.

«Test sinovlari 2 sentyabrdan boşlab, 14 kun davomida bölib ötadi. Abituriyent test natijasining javobini imtihonning ertasigayoq, talabalikka qabul qilinganini esa barça sinovlar yakunlangandan söng bir haftadan keyin biliş mumkin böladi. Bu haqida abituriyent öz şaxsiy kabineti orqali ma'lumot oladi», dedi markaz direktori press klub sessiyasida.