AOKAdagi ştabda bölib ötgan brifingda Koronavirusga qarşi kuraşiş ştabi a'zosi Nargiza Nurullayeva fuqarolardan kelgan savollarga javob berdi.
Xususan, murojaatlardan birida fuqaro özida hansiraş kuzatilayotgani, bu pnevmoniya belgisi bölişi mumkinligi haqida savol bergan.
«Hansiraş faqatgina pnevmoniya belgisi emas. Hansiraş bir neça kasalliklarda kuzatilişi mumkin:
- Yuqori nafas yöllari va öpka kasalliklarida;
- Yurak qon-tomir kasalliklarida;
- Qon kasalliklarida;
- Kamharakat hayot tarzi – bunda biroz jismoniy harakatda hansiraş paydo bölişi mumkin;
- ÖRVI yoki boşqa infeksion kasalliklar fonida.
Hansiraş jiddiy belgi hisoblanadi, şuning uçun siz taşxisni aniqlaştiriş maqsadida şifokorga murojaat qilişingiz zarur», dedi Nargiza Nurillayeva savolga javoban.
Şuningdek, şaharning köp qismlarida niqob va rezina qölqoplari köçalarda yotişi, buning aholi salomatligiga ta'siri haqidagi savolga ham javob berildi.
«Respirator niqoblar – epidemiologik xavfli bölgan tibbiy çiqindi hisoblanadi. Ulardan har safar foydalanişdan avval zararsizlantiriş lozim. Çunki niqob va qölqoplarda virus bölişi mumkin. Foydalanilgan tibbiy niqoblar, bir martalik foydalanişga möljallangan qölqoplarni alohida paketlarga yiğiş, germetik öraş, va maişiy çiqindilar bilan birga utilizatsiya qilinişi lozim», dedi ştab a'zosi.
Brifingda oddiy grippga karşi vaksina koronavirus infeksiyasiga ta'sir körsatmasligi ham ta'kidlandi.
Koronavirusga qarşi kuraşiş ştabi a'zosi issiq vanna, duş va hammomlar qabul qiliş Covid-19 ’da yordam bermasligi, aksinça, juda issiq suvda çömiliş zararli va kuyişlarga olib kelişi mumkinligi haqida gapirgan.
«Koronavirus infeksiyasiga qarşi eng yaxşi himoya usuli muntazam ravişda qöllarni yuviş hisoblanadi. Bu öz navbatida, terida bölişi mumkin bölgan virusni zararsizlantiradi va közga, oğizga yoki burunga tegilganda infeksiya tuşişining oldini oladi», dedi Nargiza Nurullayeva AOKAdagi ştabda bölib ötgan brifingda.
U antibiotiklar koronavirusni davolaşda va profilaktikada samarali yordam bermasligi haqidagi savolga ham javob berdi.
«Antibiotiklar virusga ta'sir etmaydi, bu guruhdagi dori vositalari faqat bakterial infeksiyani davolaydi. Covid-19 - yangi koronavirus. Bu koronavirusni davolaşda va profilaktik maqsadda qöllab bölmaydi. Lekin agar bemorlarda şu dori vositalarni qöllaş körsatmasi bölsa, şifokor tomonidan tavsiya etiladi», dedi Nargiza Nurullayeva.













