Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 sentyabrdan boshlab tug‘ilganlik holatiga oid davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi barcha FHDYoda joriy etiladi
Joriy yilning 1 sentyabridan boshlab tug‘ilish bilan bog‘liq kompleks davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi barcha FHDYoda joriy etiladi.
Davlat xizmatlari agentligi xabariga ko‘ra, sinov tariqasida Toshkent shahrida joriy etilgan ushbu ajoyib imkoniyatdan 300 nafarga yaqin fuqarolar foydalanishga ulgurdi.
Qayd etilishicha, endilikda:
- shifoxonadan tug‘ilganlik haqidagi tibbiy ma'lumotnoma olish;
- FHDYo organida tug‘ilganlikni qayd etish;
- poliklinikaga hisobga qo‘yish;
- bir martalik nafaqa pulini olish;
- yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga qo‘yish;
- bolani davlat bog‘chasiga navbatga qo‘yish elektron tartibda amalga oshiriladi.
Avvallari ushbu davlat xizmatlaridan foydalanish uchun kamida 6 ta davlat idorasiga 15 tadan ortiq hujjat va ma'lumotlar topshirilar edi. Umuman olganda kamida 10 kundan ortiq vaqt talab qilinar edi.
Yangi tartibga ko‘ra, birgina FHDYo organiga borib, so‘rovnoma to‘ldirishning o‘zi yetarli. FHDYo organi tug‘ilganlik holatini qayd etadi va boshqa davlat xizmatlaridan kompleks tarzda foydalanishni ta'minlaydi. Bunda, barcha harakatlar elektron tizim orqali amalga oshiriladi.
Ushbu davlat xizmatlarini kompleks tarzda ko‘rsatish real vaqt rejimida, faqatgina FHDYo organining o‘zida ko‘rsatiladi.
Ko‘rsatilgan har bir davlat xizmati natijasi bo‘yicha fuqarolarga SMS-xabar berib boriladi. Bu davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonidan fuqarolarning xabardor bo‘lishini ta'minlaydi.
Mavzuga oid
18:25 / 13.01.2026
Harbiy xizmatni o‘taganlarga foizsiz ta’lim krediti beriladi
20:17 / 09.01.2026
“Bu – milliy qadriyatning bir qismi” – vazir Ozodbek Nazarbekov to‘yda qo‘shiq aytib, qistirilgan pullarni olganiga izoh berildi
10:30 / 09.12.2025
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi o‘rnida Boshqaruv samaradorligi agentligi tuzildi
23:23 / 29.11.2025