Özbekiston Fanlar akademiyasining akademigi Telman Rajabov hayotdan köz yumdi. Bu haqda Fanlar akademiyasi xabar bergan.

Materialşunoslik fizikasi, ilmiy asbobsozlik va mikroelektron texnikasi sohasida tanilgan yirik olim, akademik Telman Rajabov 85 yoşida vafot etdi, deyiladi xabarda.

Telman Rajabov 1935 yil Samarqandda tuğilgan, Bauman nomidagi Moskva oliy texnika bilim yurtini tugatgan (1959). Özbekiston FA Yadro fizikasi institutida muhandis, kiçik ilmiy xodim (1959-65 yillar), Fizika-texnika instituti (1969 yildan Elektronika instituti)da boş muhandis, katta ilmiy xodim, laboratoriya mudiri (1966—86 yillar) bölib işlagan.

Şuningdek, u Ilmiy asbobsozlik markaziy loyihalaş-konstruktorlik byurosi direktori (1986—92), Toşkent elektrotexnika aloqa instituti (hozirgi Toşkent axborot texnologiyalar universiteti) rektori (1992—98), şu universitet qoşidagi Markaziy Osiyo telekommunikatsiyalar öquv markazi direktori (1998—2001), öşa universitetda kafedra mudiri (1999 yildan) bölgan. 

Ilmiy işlari elementar zarralar fizikasi, vakuum texnikasi va fizikasi, plazma fizikasi, kosmik kemalar va yöldoşlarni faol elektrostatik muhofazalaş, korroziyaga qarşi qoplamalar oliş va maxsus ion manbalari yaratiş, turli materiallar va qoplamalar sirtini fizik-kimyoviy modifikatsiyalaş masalalari va boşqalarga doir. 

Telman Rajabov rahbarligida xalq xöjaligi ehtiyojlari (meva va sabzavotlarni vakuumda sublimatsion usulda quritiş, biologik preparatlarni liofil usulda quritiş va boşqalar) uçun sanoat qurilmalari yaratildi. «Mehnat şuhrati» ordeni bilan mukofotlangan (2003).