iPhone 12 çiqariliş sanalari özgargani haqida deyarli har oy e'lon qilinmoqda. Yaqindagina insayderlardan biri Apple kompaniyasining sentabr oyida katta taqdimot ötkazişni rejalaştirayotganini xabar qilgandi, ammo bu ma'lumot yanada taniqli manbalardan biri Jon Prosser tomonidan rad etildi. Unga köra, yangi smartfonlar 42-haftada, ya'ni 12-18 oktabr oraliğida çiqadi.
Apple iPhone 12 bazaviy modellari uçun oldindan buyurtmalarni darhol qabul qila boşlaydi, ularning sotuvi esa taqdimotdan keyingi haftada — 19-25 oktyabrda boşlanadi. Smartfonlarning Pro-versiyalariga buyurtmalar keyinroq olinadi — faqat noyabrdan boşlab. Manba aniq sanalarni aytmagan.
Apple Watch Series 6 aqlli soatlari va iPad'ning yangi modellariga esa onlayn-taqdimotsiz — kompaniya veb-saytida oddiy press relizdan foydalangan holda çiqariladi. Bundan taşqari, anons ança avval — 37-haftada yoki 7-13 sentyabrda e'lon qilinadi.












