2020 yil 1 iyul holatiga Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi va uning hududiy boşqarmalariga xöjalik yurituvçi sub'yektlarni qöşib yuboriş va qöşib oliş hamda xöjalik yurituvçi sub'yektlarning ustav fondidagi aksiyalarni oliş böyiça bitimlarga oldindan rozilik beriş böyiça jami 64 ta murojaat kelib tuşdi.
Qömita xabariga köra, şundan 14 tasi xöjalik yurituvçi sub'yektlarni qöşib yuboriş va qöşib oliş yuzasidan bölib, 50 tasi ustav fondidagi (kapitalidagi) aksiyalarni (uluşlarni) olişga doir murojaatlar hisoblanadi. Uşbu murojaatlarning 18 tasi xorijiy investorlarga tegişli.
Şu bilan birga, “Raqobat töğrisida”gi Qonun talablari buzilganligi uçun, ya'ni xöjalik yurituvçi sub'yektning ustav fondidan uluş olişda monopoliyaga qarşi organning oldindan roziligini olmasdan amalga oşirilgan bitim sababli 2 ta xöjalik sub'yektiga nisbatan iş qözğatilib körsatma berildi.
Joriy yilning birinçi yarim yilligi davomida kelib tuşgan barça murojaatlar tahlil qilinib, Qömita tomonidan jami 1 trln sömlik bitimlarga oldindan rozilik berildi, şundan 47,3 foiz, ya'ni 479 mlrd. sömlik bitimlar xorijiy investorlar hissasiga töğri keladi.
Xorijiy investorlar tomonidan asosan töqimaçilik, farmatsevtika, axborot texnologiyalari, elektrotexnika, quriliş,
oziq-ovqat va şu kabi sohalarga töğridan-töğri mablağlar va zamonaviy texnologiyalar körinişida investitsiyalar kiritilişi közda tutilgan.
Uşbu davr mobaynida quyidagi bir neçta yirik bitimlarni tuzişga monopoliyaga qarşi organning oldindan roziligi berildi:
TOO “Motornaya kompaniya “Astana-Motors” (Qozoğiston) tomonidan “HYUNDAI AUTO ASIA” MÇJ QKning ustav fondidagi 70 foiz uluşini olişiga;
“ANGLESEY INVESTMENTS PTE. LTD.” kompaniyasi (Singapur) tomonidan “ANGLESEY FOOD” MÇJ XKning ustav fondidagi 100 foiz uluşini oliş;
AGROMIR BUKHARA” MÇJ QK va “AGROMIR CHUST” MÇJ QKni “AGROMIR” MÇJ QKga qöşib yuboriş.
















