Falastin BAA AQŞ vositaçiligida Isroil bilan tinçlik sulhi tuzişini e'lon qilgandan keyin Amirliklardan öz elçisini çaqirtirib olişini e'lon qildi. Bu haqda Falastin taşqi işlar vaziri Riyoz al-Malikiy bayonotiga tayanib “VAFA” axborot agentligi xabar berdi. 

“Falastin davlati prezidenti Mahmud Abbos körsatmasi bilan Isroil va BAA örtasidagi munosabatlar yaxşilanişi haqidagi bayonotdan keyin zudlik bilan BAAdan Falastin elçisi çaqirtirib olinmoqda”, deb ma'lum qilgan al-Malikiy.

BAA va Isroilning yaraşuvini “Falastin milliy ozodligi harakati” (FATH) va XAMAS ham tanqid qilgan.

“Okkupatsiya Falastin xalqining boş duşmani bölib qolmoqda va biz öz kuraşimizni davom ettiramiz”, deb va'da bergan XAMAS vakili Abdulatif al-Könua.

13 avgustda Isroil va BAA özaro diplomatik munosabatlar örnatilişini e'lon qildi. Bu qaror AQŞ prezidenti Donald Tramp vositaçiligida qabul qilingan. Tegişli hujjat AQŞda bir neça hafta içida imzolanişi kutilmoqda. Isroil bunda köngilli tarzda Iordan daryosining ğarbiy qirğoğidagi katta hududlar anneksiyasidan voz keçadi.

Isroil boş vaziri Binyamin Netanyaxu şu munosabat bilan Isroil va arab dunyosi örtasida “yangi davr boşlanişini” aytgan. Şu bilan birga, u Isroil Iordanning ğarbiy qirğoğiga öz da'volaridan voz keçmasligini va faqatgina bu rejalarini ortga surayotanini ta'kidlab ötgan.

Isroil va BAA örtasida munosabatlar yaxşilanişi Yaqin Şarq muammosini hal qilişning Tramp ilgari surgan rejasini amalga oşirişdagi navbatdagi bosqiç hisoblanadi. Bu reja Isroilga Iordanning ğarbiy qirğoğidagi katta hududlarni, jumladan Iordan vodiysini qöşib olişga “yaşil çiroq” beradi. Falastin bu rejaga qat'iyan qarşi çiqmoqda.