Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan xabarlarning birida «1-4 va 11-sinflar 2 sentyabrdan, 3-7 va 9-sinflar 20 oktyabrdan, 5-8 va 10-sinflar 5 noyabrdan maktabga borişi» haqida aytilgan bölsa, yana birida «10 sentyabrgaça maktablar oçilişiga körsatma berilgani» haqida aytiladi.
Kun.uz muxbiri ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan xabarlar yuzasidan izoh oliş maqsadida Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati rahbari Laylo Rustamova bilan boğlandi.
«Maktablar qaçon oçilişi haqida yakuniy qaror maxsus komissiya tomonidan çiqariladi. Komissiya qarori yaqin orada çiqişi kerak. Vazirlik ham maktablar qaçon oçilişidan xabardor emas. Lekin öquv yilini boşlaş böyiça hozir 3ta ssenariy ustida iş olib borilmoqda», dedi vazirlik rasmiysi.
Avvalroq Xalq ta'limi vazirligi yangi öquv yilini qanday boşlaş borasida 3ta ssenariy asosida iş olib borilayotganini, lekin yakuniy xulosa, ya'ni öquv yilining qaysi şaklda boşlanişi faqat respublika maxsus komissiyasi qarori bilan aniq bölişini ma'lum qilgan edi.
Vazirlik tomonidan e'lon qilingan 1-ssenariyga köra, pandemiya holati barqarorlaşib, maktablar odatiy tartibda öz faoliyatini boşlaydi. Bu vazirlik va öquvçilar uçun eng maqbul variant bölib turibdi. Xalqaro tajriba maktab yoşidagi bolalarga kasallik kam holatda yuqişini, ulardan kattalarga yuqiş xavfi ham kamligini körsatmoqda;
2-ssenariy: Soğliqni saqlaş vazirligining Özbekistonda bolalarda virus keçişi böyiça xulosasi ijobiy bölmagan taqdirda ta'lim onlayn tartibda davom ettirilişiga töğri kelişi mumkin;
3-ssenariy: Gibrid ssenariy bölib, maktablar oçiladi. Maktablar ham sinf tizimiga ötkaziladi. Faqat ma'lum bir hudud, maktab holatidan kelib çiqib, öquvçilarning onlayn darslarda yoki maktabdagi darslarda bilim olişi davom ettiriladi.












