Şavkat Xöjaqulovning aytişiça, masofaviy ta'limdagi mavjud kamçiliklarni aniqlaş maqsadida anonim şaklda ötkazilgan onlayn sörovnomalarda 77 ming 513 nafar talaba qatnaşgan.
Sörovnoma natijalariga köra, 30 foiz talaba masofaviy öqitişdan qoniqqan bölsa, 9 foizi öqitiş sifatining pastligi, 33 foizi muloqot yetarli emasligi, 18 foizi berilayotgan ma'lumotlar fanlarni töliq özlaştiriş uçun yetarli emasligi, 2 foizi internetdan foydalaniş imkoniyati yöqligini bildirgan.
«Mazkur masala yuzasidan 32ta oliy ta'lim muassasasiga qat'iy ogohlantiriş yuborilgan. Örganişlar davomida masofaviy ta'limni yölga qöyişda fanlar xususiyatlari yetarliça inobatga olinmagani, kontent sifatining pastligi, optimallaştirilgan dars jadvallari işlab çiqilmagani yoki işlab çiqilgan bölsa ham, platformaga joylaştirilmagani, tizimda öqitişni amalga oşiriş böyiça yöriqnomalar mavjud emasligi kabi holatlar kuzatilgan.
Şuningdek, ayrim hududlarda internet tezligi pastligi va elektr energiyasi ta'minotining tez-tez uzilişi, muassasalardagi server quvvati pastligi bois platformalarga yuklangan materiallardan samarali foydalanişda qiyinçiliklar yuzaga kelgan»,deya ma'lumot berdi inspeksiya rasmiysi.













