Bugungi kunda tumanda 80 mingdan ortiq aholi istiqomat qilayotgan bölib, ularning 20 ming nafarga yaqinini 30 yoşgaça bölgan yoşlar taşkil etadi. Ammo, şu paytga qadar bu tumandan terma jamoa darajasidagi biror sportçi yetişib çiqmagan. Buning asosiy sababi – hududning sport infratuzilmasi qoniqarli emasligi hamda inventarlar bilan yetarli darajada ta'minlanmagani edi.

Şu kunlarda Söx tumanida jismoniy tarbiya va sport sohasi rivojini yangi bosqiçga olib çiqiş, aholi orasida soğlom turmuş tarzini keng tarğib qiliş hamda iqtidorli sportçilarni tarbiyalab, milliy terma jamoalar darajasigaça olib çiqiş çoralari körilmoqda.

Şu maqsadda tuman yoşlari uçun yangi sport inşootlarini barpo etiş, mavjudlarini rekonstruksiya qiliş hamda ularni yetarli darajada sport jihozlari va inventarlari bilan ta'minlaş borasida tegişli vazifalar belgilab olindi.

Jumladan, Söx tumanida yoşlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qiliş böyiça maqsadli reja işlab çiqilgan bölib, uning doirasida tumandagi sport inşootlari uçun jami 30 turdan ortiq umumiy qiymati esa 600 million sömlik Prezident sovğasi – sport jihozlari va inventarlari yetkazib berildi.

Ta'kidlaş kerak, tuman yoşlari uçun köp yillardan beri jismoniy tarbiya va sport jihozlari yetkazib berilmayotgan edi. Natijada, mahalliy yoşlar sport borasida öz iqtidori va iste'dodini namoyon etişda muammolarga ham duç kelişayotgan edi. Negaki, sport jihozi yetişmagaç, sportçining mahorati ösmaydi, körsatkiçlari ham pasayib ketadi. Umid qilamizki, davlat darajasidagi bu kabi e'tibor sportçi yoşlarning yanada faol bölişiga va yaqin davr içida ular orasidan nafaqat Özbekiston, balki Osiyo va jahon çempionlari ham yetişib çiqişiga xizmat qiladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati