2020 yilning 7 avgust kuni Toşkent şahar Mirobod tumani 1-sonli IIBga xizmatga jalb qilingan IIBB PPX brigadasi 2-batalon 3-otryad xodimlari, safdor A.Jörayev va safdor N.Tulenovlar xizmat faoliyatlari davomida tungi soat 03:30larda, davlat raqami bölmagan oq rangli “Spark” rusumli avtoulov haydovçisi va uning oldida bölgan ikki nafar noma'lum şaxs şubha uyğotganliklari sababli uşbu avtoulovning ortidan kuzatib borişgan.

Söng uşbu avtoulov haydovçisi xodimlarni çalğitiş maqsadida Mirobod tumanida joylaşgan “Furqat” boği qarşisida töxtab, mazkur avtoulovda bölgan noma'lum şaxslar oldi örindiqlarni yotqizib göyoki özlarini uxlab yotganidek tutgan vaqtlarida, xodimlar avtoulovni oldiga borib mazkur avtoulovda bölgan şaxslardan şaxsini tasdiqlovçi hujjatlarni söraşgan.
Ikki nafar noma'lum şaxs heç qanday hujjatlari yöqligini ma'lum qilişib, xodimlarni çalğitişga uringanlar va ularni şaxsiga aniqlik kiritiş maqsadida Mirobod tumanidagi 141-sonli tayanç punktiga olib borilib, şaxsiga aniqlik kiritilgan.
Ular Toşkent şahar Olmazor tumani istiqomat qiluvçi, 1991 yilda tuğilgan A.H. va Andijon viloyati Andijon şaharida istiqomat qiluvçi, 2001 yilda tuğilgan A.Q. ekanliklari ma'lum böldi.

Olib borilgan profilaktik suhbat jarayonida “Spark” avtoulovi kimga tegişli ekanligi söralgan vaqtida ular ijaraga olib, davlat raqamlarini özboşimçalik bilan yeçib olib yurganliklari, şuningdek, suhbat jarayonida mazkur avtoulovda bölgan quriliş işlarida foydalaniladigan perforator ularga tegişli emasligi ma'lum böldi.
Mazkur buyumni qayerdan olganliklari söralgan vaqtida Sayxun köçasida qarovsiz qoldirilgan, 1991 yilda tuğilgan M.E.ga tegişli bölgan oq rangli “Jyentra” avtoulovining old oyna qismini sindiriş yöli bilan avtomaşina salonida bölgan 500 AQŞ dollari, 400.000 sömlik braslet va 200.000 sömlik tilla uzuk hamda “Redmi-A40” telefon apparatlari yaşirin ravişda qölga kiritganliklari ma'lum böldi.

Şuningdek, dastlabki hujjatlar rasmiylaştirilib, uşbu şaxslar Mirobod tumani IIO FMBga topşirildi va hozirda uşbu holat yuzasidan dastlabki suriştiruv işlari olib borilmoqda











