Sönggi paytlarda har ikki taşkilotga muvaffaqiyatli rahbarlik qilgan Otabek Umarovning asosiy vazifasida iş hajmining ortganligi, qolaversa, mamlakatdagi epidemiologik vaziyatdan kelib çiqqan holda uning rahbar sifatidagi öz vakolatlarini muddatidan avval tugatiş töğrisidagi arizasi qanoatlantirildi.

“Mamlakatimiz, butun xalqimiz dunyoni larzaga keltirgan kuç bilan töqnaş keldi. Körinib turibdiki, mavjud qiyinçiliklarni yengiş uçun har birimizdan katta kuç va ğayrat talab qilinadi. Bunday vaziyatda men davlat xizmatini bajariş, jamoat xavfsizligini ta'minlaş bilan boğliq vazifalar mutlaqo yangi xarakterga ega va misli körilmagan javobgarlik darajasiga kötarilganini bilaman. Bu menga sport taşkilotlaridagi lavozimimni tark etişdan boşqa imkoniyat qoldirmaydi. Sababi oddiy: MMA assotsiatsiyasi ham, triatlon federatsiyasi ham katta e'tibor va vaqt talab qiladi. Bugungi şaroitda, afsuski, bunga kafolat bera olmayman. Özbekiston har sohada muvaffaqiyatga intiluvçi, sportga qiziqişi yuksak bölgan yoşlar yurtidir. Ular Davlatimiz şon-u şuhratini dunyoga tanitişga intilişlari heç qaçon kamaymaydi. Ikkinçidan, qisqa davr içida bölsa ham har ikkala federatsiyani mustahkam oyoqqa turib olişi, bundan keyin dadil rivojlanişi uçun mustahkam poydevor yaratildi. Bunga juda maşaqqat va fidoyilik evaziga erişildi. Işonçim komilki, mening örnimga keladigan insonlar bu sport turlarini yanada rivojlantirişadi”, – dedi Otabek Umarov.

Milliy olimpiya qömitasi xabariga köra, yiğiliş davomida triatlon federatsiyasi raisligiga Özbekiston Xavfsizlik kengaşi kotibi Viktor Mahmudov, MMA assotsiatsiyasi raisligiga esa Özbekiston Respublikasi mudofaa vaziri Bahodir Qurbonovlar bir ovozdan saylanişdi.

Avvalroq, Otabek Umarov sport taşkilotlari rahbarligidan ketayotgani xabar berilgandi.