Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko hamda Rossiya prezidenti Vladimir Putin telefon muloqotini ötkazdi. Bu haqda Belarus prezidenti axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum bölişiça, tomonlar Belarusda bölayotgan voqealarni muhokama qilişgan. Suhbat qaysi tomonning taşabbusi bilan amalga oşirilgani aniq emas. Suhbatning detallari haqida ham ma'lumot berilmagan.

Oldinroq Aleksandr Lukaşenko Belarusda bölayotgan voqealarni Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan muhokama qilişi kerakligini aytgan va belaruslar doş berolmasa, bu tölqin «u tomon siljiydi» deb, Rossiyaga işora qilgandi.

Belarusda 9 avgustda yakunlangan prezidentlik saylovlaridan buyon norozilik namoyişlari davom etmoqda. Saylovda 80 foizdan köproq ovoz olgan Aleksandr Lukaşenko ğolib bölgan, 10 foizdan köproq ovoz töplagan Svetlana Tixanovskaya ikkinçi bölgandi.