Madrimov Toşkent vaqti bilan 16 avgust tongida 37 yoşli Erik Uokerga (20-3, 9 KO) qarşi 12-raundlik jangni ötkaziş uçun ringga kötarildi.
WBA yönalişidagi saralaş jangida özbekistonlik 25 yoşli boksçi hakamlar qaroriga köra ğolib deb topildi.
Madrimov jangning dastlabki raundlaridan ustunlikni qölga olişga harakat qildi, ammo raqib ham qarşi hujumlarda faol böldi va bir neça kuçli zarbalar yölladi.
Uçinçi raundga kelib amerikalik boksçida çarçoq alomatlari körina boşladi, yettinçi raundda esa har ikki boksçi klinçga kiriş orqali jangni davom ettira boşladi.
9-raundda özbekistonlik boksçi yana hujumga ötdi va çap qöl huk zarbasi orqali raqibini nokaut holatiga tuşirdi. Ammo referi özbekistonlik boksçi bu vaziyatda raqibga yelka bilan ham zarba berganini qayd etib, nokautni bekor qildi va Uoker öziga kelib olişi uçun beş daqiqalik tanaffus berdi.
Madrimov drops Walker, but the referee rules no knockdown.
— DAZN USA (@DAZN_USA) August 16, 2020
Agree? pic.twitter.com/swiyR3xKNa
Jang davom etdi, Madrimov qolgan raundlarda ham taşabbus körsatdi va 12-raundda raqibini nokdaun holatiga tuşirdi. Yakunda hakamlar bir ovozdan (116-110, 116-111, 116-110) özbekistonlik boksçini ğolib deb topişdi.
Israil Madrimov improves to 6-0 and celebrates with a backflip 🔄 pic.twitter.com/ZWQlA3LwaN
— DAZN USA (@DAZN_USA) August 16, 2020
Şu tariqa, Isroil Madrimov yakuniy eliminator jangidagi ğalabasi orqali WBA Jahon çempionlik kamari uçun majburiy da'vogarga aylandi.
Isroil Madrimov sönggi marta 2020 yilning martida AQŞning Texas ştatida venesuelalik Çarli Navarroga (29-10, 22 KO) qarşi ringga çiqib, 10 raundlik jangning 6-raundida raqibini nokautga uçratgandi.
Bundan avvalroq Şahram Ğiyosov nikaragualik raqibini nokautga uçratib, professional boksdagi 10-ğalabasini nişonlagani













