«Barselona» boş murabbiyi Kike Seten iste'foga çiqarildi. Bu haqda klub prezidenti Xosep Bartomeu «Tiempo de Juego» naşriga ma'lum qilgan.
«Seten iste'foga çiqarildi», degan Bartomeu qisqa qilib.
Ma'lum bölişiça, «Barselona» bu borada ertaga rasman e'lon qiladi. 61 yoşli Seten yanvardan buyon «Barselona»ni boşqarib kelayotgandi. U Kataloniya klubi murabbiyligiga «Betis»dan kelgandi.
Ertaga Seten bilan birga klubning sport direktori Erik Abidalning ham iste'fosi e'lon qilinişi kutilmoqda. «Barselona» boş murabbiyligiga asosiy nomzod sifatida Maurisio Poçettino qaralmoqda. Klub u bilan 1+1 körinişida şartnoma imzolaşi aytilgan.
Şuningdek, Ronald Kuman, Massimiliano Allegri va Teri Anri ham «Barselona» boş murabbiyi bölişi mumkin.












