Hemilton uşbu ğalaba evaziga ğoliblar şohsupasiga 156-marta kötarildi va bu borada afsonaviy poygaçi Mixael Şumaxerni (155 marta) ortda qoldirdi. Poygaçi faoliyatidagi 88-ğalabani qölga kiritib, Şumaxerning rekordiga (91 marta) yaqinlaşib qoldi. 

Marra çiziğini ikkinçi bölib “Red Bull” a'zosi Maks Ferstappen, uçinçi bölib “Mersedes”ning yana bir a'zosi Valtteri Bottas kesib ötdi.

Poygalarda 132 oçko bilan Hemilton yetakçilik qilmoqda, uning ketidan Ferstappen (95 oçko) va Bottas (89 oçko) kelmoqda.   

“Formula-1”ning keyingi bosqiçi 28-30 avgust kunlari Belgiyada bölib ötadi.