02:03 / 17.08.2020
8997

Yevropa ligasi. «Sevilya» «MYu» ustidan irodali g‘alabaga erishib, dastlabki finalchiga aylandi 

Foto: Reuters

«Sevilya» va «Manchester Yunayted» o‘rtasidagi o‘yin bilan Yevropa ligasida dastlabki finalchi aniqlandi. 

Qiziqarli kechgan bahsning 9-daqiqasida Reshfordga nisbatan ishlatilgan qo‘pollik uchun belgilangan penaltidan Bruno Fernandesh unumli foydalandi – 0:1.

26-daqiqada esa Xulen Lopetegi murabbiyligidagi andalusiyaliklar qarshi hujumda muvozanatni tiklashdi. Regilonning chap qanotdan uzatgan to‘pini Suso De Xeaning yaqin burchagidan darvozaga joylab qo‘ydi – 1:1.

Uchrashuvning ikkinchi bo‘limini Sulsher shogirdlari katta ustunlik bilan boshlagan bo‘lishsa-da, «Yunayted» hujumda qator imkoniyatlarni ko‘kka sovurdi.

O‘yin yakuni sari zaxiradagi futbolchilar evaziga kuchaygan ispanlarning qarshi hujumlari xavfli ko‘rinish ola boshladi. 78-daqiqaga kelib inglizlar jazolanishdi. Zaxiradan maydonga tushgan de Yong o‘z goli bilan «Sevilya»ni hisobda oldinga olib chiqdi – 2:1.

O‘tkazib yuborilgan goldan keyingina zaxira o‘rindig‘idagi futbolchilar xizmatidan foydalanishga majbur bo‘lgan Sulsher jamoasining o‘yinida o‘zgarish qila olmadi va yakunda «Sevilya» finalga chiqdi, «MYu» esa alamli tarzda yevrokuboklarni tark etdi. 

16 avgust. Yevropa ligasi. Yarimfinal

Sevilya Ispaniya – Manchester Yunayted Angliya 2:1

Gollar: 0:1 – 9, penalti Brunu Fernandesh, 1:1 – 26 Suso, 2:1 – 78 de Yong.
Sevilya – Bunu, Navas, Kunde, Regilon, Diyego Karlos, Fernando, Jordan, Suso (Vaskes, 75), Banega, Okampos (Munir, 56), En-Nesiri (de Yong, 56).
Manchester Yunayted – De Xea, Uilyams (Fosu-Mensa, 87), Maguayr, Lindelef, Uan-Bissaka (Mata, 87), Pogba, Fred, Brunu Fernandesh, Marsyal, Grinvud (Igalo, 90), Reshford (Jyeyms, 87).
Ogohlantirish: Uilyams (17), Diyego Karlos (21), Reshford (66), Munir (86).

Top