Masalan, biror-bir vazirlik tizimida korrupsiya holatlari köpmi, demak öşa vazirlik içida hukm surayotgan muhit yomon. Çunki, öşa vazirlikka tegişli idoralarda muhit nurli bölsa, bunday nur korrupsiyani keltirib çiqaradigan illatlarni kuydirib yöq qilib yuborardi. Qanday qilib, deysizmi?
Muhit
Deylik, bir yoş yigit öqişni bitirib, qaysidir vazirlik tizimidagi idoraga işga kirdi. U öşa vazirlik oilasiga qöşildi. Agar u bu jamoada halollik va rostgöylik muhitiga duç kelsami...
Gap şundaki, halollik va rostgöylik muhiti bu – «sehrli tayoqça». Bunday muhitga tuşib qolgan har qanday yigit-qizning dunyoqaraşi yaxşigina, ba'zida esa inqilobiy taftişga uçraydi, içki olamida ijobiy buriliş hosil böladi.
Töğri, öşa yigit yoki qiz öta ziyoli oilada tuğilgan bölsa, ota-onasidan halollik va rostgöylik ögitini olgan bölsa, unda bunday muhit uning uçun yangilik bölmaydi, uni göyo öz oilasidagi muhitning davomidek qabul qiladi. Biroq...
Bizning şaroitda – inson esini tanigandanoq yolğon, ikkiyuzlamaçilik, pora-yu yulğiçlik voqelikning bir qismi deb qabul qilinadigan voqelikda, har bir iş pul bilan bitadigan holatimizda unib-ösgan yoşlar uçun bunday yoruğ muhitga tuşib qoliş – yangi olamga tuşib qoliş kabi.
Yangi olam
Yana ham yaxşi tuşuniş uçun, tasavvur qiling, siz yoşsiz, yangi jamoangizda deyarli hamma halol, prinsiplariga sodiq, hamma xalq ravnaqi uçun urinyapti, hammani işi tartibli, zero rahbariyatning talabi ham şu, idorada yuritilayotgan siyosati ham şu.
Siz bunaqa «olam»ni hali körmagansiz va u sizga rosa yoqib tuşadi, çunki illatlardan xoli bölgan muhitda kişilarning yuzidan nur yoğilib turadi, ularning odobi, muomalasi a'lo böladi. Bunday joyda maza qilib işlaysiz, çunki atrofdagi kişilardan taraladigan ijobiy quvvatdan ozuqa olasiz, bahorgi yomğir ostida qolgandek his qilasiz özingizni, şaxsingiz yaxşi tarafga özgarayotgani his etasiz. Toza-halol işlagan qayoqda-yu, harom-hariş, aralaş-quralaş işlarni qilib, köngilni xira qiliş, yuzingizdan nur ketişi qayoqda?
Qaysidir vazirlikka tobe idoralarning qaysidir poğonasi korrupsiya duçor bölganini kördikmi, demak bu birgina öşa idoraning emas, butun tizimning muammosi. Gap öşa oilada qaror topgan muhitda, illatlarni yondirib yuboradigan nurning yöqligida.
Yulğiç soliqçi, insofini yeb qöygan bojxonaçi, hokimlikning poraxör xodimi, oxirat savol-javobini esidan çiqargan SOEM xodimi, esi dardi kamçiliklarni yaşirib, soya ostida xalq pullarini ömaradigan SSB yoki XTB boşliği – bular bir xususiy holatlar emas, balki öşa idoralarda hukm surayotgan muhitdan dalolat.
Ijobiy seleksiya
«Baribir kimningdir korrupsiyaga moyilligi kuçli keladi, muhitga qaramasdan» deyiş mumkin. Töğri, hatto a'lo muhit şakllangan çet korporatsiyalarida ham bitta-yarimta korrupsiya holatlari uçrab turadi. Biroq...
«Bitta- yarimta» bu – favqulodda hol deb qaraladigan, ammo tizim duçor bölgan dard deb qaralmaydigan, tendensiya ölaroq körilmaydigan holat. Yana bir muhim jihat – halollik va rostgöylik muhitida öşa – korrupsiyaga moyilligi yuqori bölgan tabiati buzuq şaxs köp işlay olmaydi, illati işkor böladi va idoradan, ya'ni oiladan çetlaştiriladi. Bu degani yaxşi muhitda öziga xos ijobiy seleksiya bölib turadi. Muhit öz-özini himoya qiladi, tozalaydi.
Teskari seleksiya
Yaxşi muhit yaxşi seleksiya qilsa, yomon muhit... bunga teskari seleksiya qiladi. Ya'ni, yomon muhitga tabiatan poklik va rostgöylikka moyilligi bor yoxud yaxşi tarbiya körgan inson kirib qolsa, bunday muhit uni, öz navbatida, tanasidan çiqarib taşlaşga «bel boğlaydi». Pirovardida yomon muhit ham özini himoya qilib, turğun qolişga urinadi.
Nega korrupsiya bilan kuraşiş qiyin bölyapti deysizmi? Savolingizga javob öşa – idoralarda yillar, ön yillar davomida şakllangan yomon muhit özini himoya qilyapti. Nega davlat idoralari işida, yumşoq qilib aytganda, tartibsizlik köp deb sörasangiz, javob öşa – teskari seleksiya.
Xulosa şuki, davlat idoralari va taşkilotlari binolari içidagi muhit özgarmas ekan, bunday özgariş uçun omillar paydo qilinmas ekan, vaziyat özgarmaydi, zero, korrupsiyaning kelib çiqiş sabablari yaşab qolaveradi.
Şokir Şaripov
Muallif fikri tahririyat nuqtayi nazarini ifodalamasligi mumkin.











