Jumladan, savollardan birida “Vraçlarimizdan koronavirus bölgan insonlarda qon quyuqlaşadi deb eşitmoqdamiz, şu qançalik töğri?” – deya söralgan.
“Koronavirus qon tomirlarning içki yuzasini qoplovçi hujayralarni zararlaşi mumkinligi töğrisida ma'lumotlar köpayib bormoqda. Bunda tomir va kapillyarlarda mahalliy yalliğlaniş yuzaga keladi. Bugungi kunda uşbu virus avval boşdanoq hayot uçun muhim bölgan a'zolarning mayda kalibrdagi tomirlarida gemostazni faollab, tromb hosil qiliş va tomir içida qonning quyuqlaşişida örni borligini tasdiqlaş mumkin. Bunda nafaqat öpka zararlanadi, balki mikrosirkulyatsiyaning qamali ham kuzatiladi. Bularning barçasi kasallikning oqibatini aniqlaştiradi”, deya javob berdi Nargiza Nurullayeva.
Bundan taşqari ekspert yana boşqa savollarga ham javob berib ötdi:
“Bilamizki kuz va qiş fasli yaqinlaşmoqda, uşbu mavsumlarda koronavirus oğir keçişi mumkinmi, vaziyat qanday böladi?”
–Dunyodagi statistik ma'lumotlarga asoslanadigan bölsak, har yili mavsumiy gripp va yuqori nafas yöllari kasalliklari bu fasllarda köp uçraydi. Mavsumiy gripp – bu odamdan odamga ötuvçi, butun dunyo böylab uçraydigan ötkir virusli infeksiya hisoblanadi. Köp insonlar tibbiy yordamsiz bu kasallikdan töliq soğayib ketadi. Qiş mavsumida ötkir respirator kasalliklar fonida koronavirus infeksiyasini qöşilişi kasallaniş darajasini albatta oşiradi. Lekin bizda bugun davolaş mezonlari işlab çiqilgan va işonçimiz komil bölişi kerakki bizning fuqarolarimiz koronavirusga qarşi çoralarni susaytirmasdan bajarişda davom etişadi.













