Niderlandiyalik 57 yoşli murabbiy özi boşqarayotgan Niderlandiya milliy jamoasi boş murabbiyi lavozimini tark etib, «Barselona» boş murabbiyi sifatida iş boşladi. Kuman Kataloniya klubi bilan 2022 yilning yoziga qadar möljallangan şartnomaga imzo çekdi. Yangi murabbiyning taqdimot marosimi bugun, 19 avgust kuni soat 21:00da ötkaziladi.
Ma'lumot uçun, Kuman futbolçilik faoliyati davomida 1989 yildan 1995 yilga qadar «Barselona» safida töp surgan. Sobiq himoyaçi «kök-anorranglilar» bilan 4 karra Ispaniya çempioni, uç karra Superkubok ğolibi, ikki martadan Ispaniya kubogi va Yevropa çempionlar kubogi hamda UYeFA Superkubogini yutgan.
Kuman boş murabbiylik faoliyatini 2000 yilda boşlab, hozirgi kungaça «Vitess», «Ayaks», «Benfika», PSV, «Valensiya», AZ, «Feyyenoord», «Sauthempton» va «Everton» klublarida faoliyat yuritgandi.
Eslatib ötamiz, «Barselona» YeÇL 1/4 finali doirasida «Bavariya»ga 2:8 hisobida mağlub bölgaç, dastlab boş murabbiy Kike Seten, köp ötmay klub sport direktori Erik Abidal iste'foga çiqarilgandi.












