«Uzoq yillar davomida amal qilgan tizim bizni botqoqqa botirib qöygan. Bu bor narsa. Bundan çiqişga şunçalar qiynalyapmizki, bir neça 10 yillar davomida işdan çiqqan tizim bizni 20-30 yil orqaga uloqtirib yuborgan. Biz hali zamonaviy dunyoga yetib olişimizga ança bor.
Davlat uzoq yillar xususiy oliy ta'limga qarşi bölib kelgan. Hamma narsani davlat öz nazoratiga oladi, hammasini davlat öqitadi, deyilgan. Xususiy oliy ta'limga duşmandek qaralgan. Davlat na özi eplay olgan, na talabalar kontraktini xarajatlarni qoplaydigan darajada belgilaşga ruxsat bergan, na yetmayotgan summani özi oşiği bilan tölab bergan, na özim öqitaman, bozor şaroitida zör sifat qilaman degan tadbirkorga ruxsat bergan.
Bundan taşqari, kiriş imtihonlari qanaqa ötganini hammamiz bilamiz. Maktab öz joyiga borib qolgan, undan keladigan öquvçilarni Kembrijda öqitsangiz ham nari borsa 30 foizi yaxşi kadr böladi. Bularning hammasi ötdi. Endi nima qilamiz?
Pandemiya tufayli köp narsa tezlaşib ketdi. Ta'limning tepasida qörqoqlar bömasligi kerak. Bunaqa odamlar amalda ötirmasligi kerak. Qörqib qança köp vaqtni ötkazsak – oliy ta'lim tayyor emas, talaba tayyor emas, öqituvçilar tayyor emas, deb yaşayversak, har bir kun uçun kamida 1-2 oyga orqada qolib ketyapmiz. Onlayn qabul, masofaviy ta'lim qançadan beri aytib kelingan. Biz tayyor emasmiz deyişdi. Oqibatda nima böldi? Onlayn ta'limga ötdikmi?! 1,5 mln hujjat qabul qildik, eplasa bölar ekan-ku!
Masofaviy ta'limga ötişni sal avvalroq boşlaganimizda – 5-10ta oliy ta'lim muassasasida boşlaganimizda ham, ular bazaviy sifatli ta'limni bera olgan bölardi. Biz umuman ruxsat bermadik. Hamma noldan, emaklaşdan boşladi. Natijada talaba ham sifatdan norozi böldi», dedi u davra suhbatida.
Huquqşunos talabalarda turli savol va e'tirozlarga örin qolmasligi uçun oliy ta'lim muassasalari öz xarajat hisobotlarini oçiq e'lon qilişi lozimligini ta'kidladi.
«Moliyaviy masala haqida gap ketar ekan, moliyaviy şaffoflikni ta'minlaş kerak. Talaba tölayotgan kontrakt ta'lim xarajatlarining 68 foizini qoplaşi aytilyapti. Bu raqamni juda köp eşitdik, lekin buning tagi qani? Barça oliy ta'lim muassasalarida ham bunday emas. 68 foiz bu – örtaça raqam. Qaysi biridadir bu körsatkiç 30 foiz, qaysidadir 90 foiz bölişi mumkin. Nega rektorlar özining oliy ta'lim muassasasida mana şunaqa moliyaviy hisobotlarni e'lon qilmaydi? 1 yilda 100 mlrd pul tuşirdik, xarajatimiz 200 mlrd böldi, pulni mana bularga sarfladik, deb aytmaydi? Nega moliyaviy şaffoflik yöq?
Faqat vazirlik 100dan ortiq muassasa uçun javob beradi. U barça ma'lumotlarni umumlaştirib bitta raqam aytadi, lekin bu raqam faqat savolni köpaytiradi, javob bermayapti. Har bir rektor öz talabalari bilan gaplaşib javob bersa bölmaydimi? Axir bu soliqçilarning, talabalarning puli, rektorning çöntagidagi pul emas.

















