Özbekiston pandemiya vaqtida Rossiya bilan tovar aylanmasini oşira olgan sanoqli davlatlardan biri böldi. 2020 yilning 1-yarmida ikki davlat örtasidagi tovar aylanmasi 18 foizga, Rossiyaning Özbekistonga eksporti hajmi esa 24,5 foizga ösgan. Bu haqda Rossiya sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati ma'lum qildi.
“2020 yilning 1-yarmida koronavirus pandemiyasiga qaramay, savdo-iqtisodiy hamkorlik dinamikasi ijobiy natija körsatdi. 2020 yilning yanvar oyidan iyun oyigaça bölgan davrda ikki tomonlama tovar aylanmasi deyarli 18 foizga, Rossiyaning Özbekistonga eksporti hajmi esa 24,5 foizga ösgan”, deyilgan xabarda.
Şuningdek, 19 avgustda Özbekiston va Rossiya savdo-iqtisodiy hamkorlik va sanoat kooperatsiyasi haqida memorandum imzolagan. Uşbu hujjat ikki tomonlama uçraşuvlarni taşkillaştirişda kömak beriş, qöşma işlab çiqarişlarni yaratiş, sanoat va savdo sohalarida özaro manfaatli investitsiyalar uçun qulay şaroitlarni şakllantirişni nazarda tutadi.
“Memorandumni amalga oşiriş uçun maxsus işçi guruh – loyiha ofisini tuzamiz. Uning işiga Rossiya va Özbekistonning sanoat va savdo sohasida faoliyat olib boruvçi taşkilotlari, korxonalari va birlaşmalari vakillari jalb qilinadi”, deb ta'kidlab ötgan Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov.
Ikki davlat örtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikning ustuvor yönalişlari sifatida qişloq xöjaligi, oziq-ovqat sanoati va yöl-quriliş maşinasozligi, farmatsevtika, raqamli texnologiyalar va riteyl belgilab olingan.












