2020 yilning 19 avgust kuni Özbekiston va Ummon Taşqi işlar vazirliklari örtasida videokonferensaloqa şaklida siyosiy maslahatlaşuvlar bölib ötdi.

Tomonlar delegatsiyalariga Özbekiston taşqi işlar vaziri örinbosari Furqat Siddiqov va Ummon Sultonligi taşqi işlar vazirining diplomatik masalalar böyiça örinbosari Şayx Xalifa bin Ali bin Iso al-Harisiy rahbarlik qildi.

TIV xabariga köra, vazirliklararo siyosiy maslahatlaşuvlarning navbatdagi raundi doirasida Özbekiston-Ummon munosabatlarining hamda xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Ta'kidlanganidek, özaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlaşning ustuvor yönalişi savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, transport-kommunikatsiya aloqalarini rivojlantiriş bölib, ularning hozirgi körsatkiçlari tomonlarning mavjud salohiyatiga mos kelmaydi. Şu nuqtayi nazardan, Özbekiston - Turkmaniston - Eron - Ummon transport yölagi töğrisidagi kelişuvlarni amalga oşiriş, Özbekiston-Ummon işbilarmonlar kengaşini ta'sis etiş, ikki mamlakatning moliyaviy institutlari va işbilarmon doiralari örtasida töğridan-töğri aloqalarni örnatiş muhimligi ta'kidlandi.

Suhbat çoğida madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikni kengaytiriş masalalariga alohida e'tibor qaratildi. Ilmiy-tadqiqot va ta'lim sohalarida qöşma loyihalarni amalga oşirişga qiziqiş bildirildi.

Ikki tomonlama hamkorlikning huquqiy asoslarini takomillaştiriş yuzasidan ham fikr almaşildi. Uşbu yönalişdagi masalalarni tezkor hal etiş uçun ikki mamlakatning tegişli vazirlik va idoralari vakillari iştirokida işçi guruh tuzişga kelişib oldilar.