Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi, Transport vazirligi va "Özbekiston aeroportlari" AJ respublikadagi mintaqaviy xalqaro aeroportlarga eng yaxşi nom berişga doir tanlov e'lon qildi.

“Tanlovning maqsadi Özbekiston mintaqaviy xalqaro aeroportlariga eng yaxşi nom topiş jarayoniga keng jamoatçilikni jalb qilişga yönaltirilgan. Toşkent şahar I.Karimov nomli hamda Andijon şahar Zahiriddin Muhammad Bobur nomli aeroportlar bundan mustasno”, deyiladi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi matbuot xizmati xabarida.

Mazkur tanlovda iştirokçining fuqaroligidan qat'i nazar, 16 yoşdan oşganlar, jumladan, talabalar, ijodkorlar, olimlar, tarixçilar va turizmni rivojlantiriş istagida bölgan barça kişilar iştirok eta oladi.

Tanlov tartibi va şartlari bilan quyidagi saytlar orqali tanişiş mumkin:

Har bir nom loyihasini (özbek, rus va ingliz tillarida) ğoya tavsifi bilan [email protected] elektron manziliga yuboriş lozim.

Tanlov e'lon qilingan kundan ikki oy ötgaç, vazirliklar, idoralar va jamoatçilik vakillari va taniqli tarixçilardan iborat Komissiya kelib tuşgan takliflar orasidan har bir aeroport uçun 5 tadan loyiha tanlab oladi. Uşbu loyihalar ikki oy muddatga onlayn ovoz beriş uçun https://uzbektourism.uz veb-saytiga joylaştiriladi.

Onlayn ovoz beriş natijalari böyiça ğoliblar Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi, Transport vazirligi va "Özbekiston aeroportlari" AJning rasmiy saytlarida e'lon qilinadi.

Tanlov uçun materiallar 2020 yilning 20 avgustidan 20 oktyabriga qadar qabul qilinadi.