2020 yil 19 avgust kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasining saytida yangi tahrirdagi Özbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy taşkilotlar töğrisida”gi Qonun loyihasi e'lon qilindi.

Qonun loyihasi har kimning vijdon erkinligiga bölgan huquqini, dinga bölgan munosabatdan taşqari fuqarolar tengligini, jamiyatda millatlararo va konfessiyalararo kelişuvni ta'minlaş borasida davlat organlari va diniy taşkilotlar örtasidagi munosabatlarni tartibga solişga qaratilgan.

Qonun loyihasini takomillaştirişda jamoatçilik fikrini oliş maqsadida loyiha parliament.gov.uz saytining “Jamoatçilik muhokamasiga qöyilgan qonun loyihalari” rukniga joylaştirilgan, deb xabar bermoqda Özbekiston Musulmonlari idorasi.