“Biz ötiş vaqti prezidenti bilan ötiş kengaşi taşkil etmoqçimiz. Biz bu ötişni boşlaş uçun fuqarolik jamiyati, muxolif partiyalar, siyosiy köpçilik, butun dunyo bilan aloqada bölib turibmiz”, deb ma'lum qilgan qözğolonçilar vakili polkovnik Ismoil Vag.
Avvalroq Malida harbiylar tomonidan poytaxt Bamako yaqinidagi harbiy bazada qözğolon kötarilgan. Uning davomida harbiylar prezident Ibrohim Bubakar Keyta va boş vazir Bubu Sisseni hibsga olişgan. Keyinroq prezident iste'foga çiqişini va parlament hamda hukumat tarqatilib yuborilişini e'lon qilgan.
Harbiylar mamlakatda umumiy saylovlarga olib keluvçi siyosiy özgarişlarni amalga oşirişga çaqirişgan, çegaralar yopilişi va komendantlik soati kiritilişini e'lon qilişgan.

















