Unga köra, amaldagi qonunning 14-moddasidagi, fuqarolarning (diniy taşkilotlar xizmatçilaridan taşqari) jamoat joylarida ibodat liboslarida yurişlariga yöl qöyilmasligi haqidagi band çiqarib taşlanişi kutilmoqda.
Hukumat huzuridagi Din işlari böyiça qömita yangi tahrirdagi qonun loyihasida közda tutilgan yangiliklarni sanab ötdi.
– diniy sohadagi qonun hujjatlarida qöllaniladigan asosiy tuşunçalarga ta'rif berildi;
– vijdon erkinligini ta'minlaşning va diniy taşkilotlar faoliyatining asosiy prinsiplari belgilandi;
– vijdon erkinligini ta'minlaş sohasida davlat siyosatining asosiy yönalişlari belgilab berildi;
– har bir şaxsning diniy ta'lim muassasalarida professional diniy ta'lim olişi, şuningdek, ota-onalar yoki ularning örnini bosuvçi şaxslar tomonidan öz farzandlariga diniy amaliyot asoslari va odob-axloq qoidalarini (uy şaroitida diniy ta'lim beriş) örgatiş huquqi belgilandi;
– diniy taşkilotlarning huquq va majburiyatlari, ular ta'minlanişining kafolatlari, şu jumladan yuqori turuvçi organ yoki sudga mansabdor şaxslarning diniy taşkilotlarning huquq va erkinliklarini buzuvçi qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) böyiça ular sudga murojaat qilganda, davlat bojini tölaşdan ozod etilişi mustahkamlab qöyildi;
– diniy taşkilot rahbarining Özbekiston Respublikasi fuqarosi bölişi töğrisidagi talab bekor qilindi;
– diniy taşkilot rahbarligiga körilayotgan çet ellik fuqaro nomzodini Din işlari böyiça qömita bilan kelişiş talabi çiqarib taşlandi;
– davlat xizmatlari körsatişning elektron tizimiga ötiş orqali diniy taşkilotni tuziş va röyxatdan ötkaziş tartibi örnatildi, unga köra quyidagilar belgilandi:
- röyxatdan ötiş jarayonida mahalla iştiroki bekor qilindi;
- diniy taşkilotlarning hujjatlarini notarial tasdiqlaş tartibi bekor qilindi;
- diniy taşkilotning markaziy boşqaruv organi va diniy ta'lim muassasasini röyxatdan ötkaziş tartibi soddalaştirildi;













