20 avgust kuni Özbekiston Korrupsiyaga qarşi kuraşiş milliy kengaşining birinçi yiğilişi bölib ötdi. Yiğiliş yakunida Kun.uz muxbiri Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi direktori Akmal Burhonovdan UzAuto Motors atrofidagi voqealarga munosabatini söradi.

«Albatta, kuzatib boryapmiz. Eng quvonarlisi, bugungi kunda jamoatçilik ovozi nafaqat parlament tomonidan qöllab-quvvatlanyapti, balki Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi ham alohida suriştiruv olib boryapti.

Birinçi marotaba davlat taşkiloti şunday masalani kötarib çiqib, qabul qilingan ayrim qarorlar notöğri ekanini körsatib çiqdi.

Umuman, bu kabi holatlar rivojlangan davlatlarda odatiy hol. Ya'ni, bir-birini tiyib turiş masalasi. Men hozir qaysidir tomonni aybdor deb aytolmayman. Çunki, bugun UzAuto Motors ham keça qömita tomonidan keltirilgan raqamlar asossiz ekani va sudga murojaat qilişi mumkinligini aytdi.

Biz jarayonlardan şu narsaga amin böldikki, har qanday davlat idorasining faoliyati oçiq va şaffof yuritilmas ekan, bunday savollar köpayaveradi, muhokamalar çiqib kelaveradi.

Öylaymanki, bu boşqa idoralar, ayniqsa monopol taşkilotlar uçun ham dars bölişi kerak. Monopol taşkilot tomonidan narxlar oşkor qilib borilganda ahvol bu darajaga yetib kelmagan bölardi», – dedi Burhonov.

Uning sözlariga köra, agar sud Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi qarorini asosli deb topsa, bu keyingi jarayonlar boşlanişiga asos böladi va Korrupsiyaga qarşi agentlik ham öz vakolati doirasida suriştiruvlar olib boradi.

«Kerak bölsa, agentligimiz ham işni oxiriga yetkaziş böyiça va holatning kelib çiqiş sabablari böyiça örganişlar ötkazadi», – dedi Akmal Burhonov 20 avgustdagi intervyuda.

Eslatib ötamiz, 21 avgust kuni Oliy Majlisning bir guruh deputatlari UzAuto Motors'ning narxlarni oşirişida korrupsiya alomatlari közga taşlanayotganini aytib, Akmal Burhonov va boş prokuror Niğmatilla Yöldoşevga deputatlik sörovi kiritgani ma'lum böldi.