Pandemiya boşlanganidan buyon, ayniqsa sönggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda isiriq haqida bahs-munozaralar köpayib ketdi. Qöqon şahrida yuk maşinasi bortidan turib isiriq tutatganlar bu mavzuni yana diqqat markaziga olib çiqişdi.
Isiriq çindan ham yuqumli kasalliklarga qarşi kuraşda besamar vositami? Bugungi pandemiya şaroitida undan foydalaniş mumkinmi?
Şu kabi savollarga javob oliş uçun biologiya fanlari doktori, ÖzRFA Genetika va ösimliklar eksperimental biologiyasi instituti Mikroorganizmlar biotexnologiyasi laboratoriyasi mudiri Baxtiyor Rasulov bilan qisqa suhbat qurdik.
– Baxtiyor aka, dastlab köp ming yillik tarixga ega, bugun bahslarga sabab bölayotgan bu ösimlik haqida umumiy ma'lumotlar bersangiz.
– Çindan ham ijtimoiy tarmoqlarda isiriq qöllanilayotganiga nisbatan har xil fikr-mulohazalar köpaydi. Avvalo, şuni aytiş lozimki, isiriq çindan ham şifobaxş xususiyatga ega dorivor ösimlik hisoblanadi. U köplab birikmalar, ayniqsa, alkaloidlarga boy.
ÖzR FA Ösimlik moddalari kimyosi institutida dunyoda ilk bor isiriq alkaloidlarini ajratiş, fizik-kimyoviy va farmakologik xususiyatlarini tadqiq etiş işlari ötgan asrning 60-yillaridan boşlangan bölib, bu borada katta maktab yaratilgan. Hozirda ham isiriq tarkibidagi moddalarni tadqiq etiş borasida işlar davom etmoqda. Jumladan, isiriqdan olingan alkaloidlar ekstraktining grippning oldini oliş borasidagi fundamental tadqiqotlar e'lon qilingan.
– Isiriqning patogen mikroorganizmlarga ta'siri ilmiy jihatdan isbotini topganmi?
– Albatta. Yuqorida Özbekistonda ötkazilgan tadqiqotlar töğrisida aytdim, ammo dunyoning qator ilmiy markazlarida ham bu borada örganişlar olib borilgan. Isiriq alkaloidlarining gripp qözğatuvçi viruslar RNK replikatsiyasini töxtatişi, virus polimeraza faolligiga salbiy ta'sir körsatişi aniqlangan.
E'tiborlisi, koronavirus ham gripp virusi singari RNK saqlovçi hisoblanadi. Bundan taşqari, isiriq tarkibidagi alkaloidlarning şişlarga qarşi samarali vosita ekani isbotlangan.
Şuningdek, isiriq alkaloidlarining zararli mikroorganizmlarning rivojlanişini töxtatişi














