BIG va Hijjas arxitektura byurolari va Ramboll konsalting kompaniyasi Malayziyaning Penang ştatida ekoşahar barpo etiş böyiça tanlovni yutib çiqdi. Ekoşahar 1,8 ming gektar maydonda quriladi.
Tanlov ğolibi - BiodiverCity deb nomlangan loyiha uçta sun'iy orollar guruhida “yaşil” şahar barpo etişni közda tutadi. 1,8 ming gektar maydonda boğlar, konferens-markazlar, turar-joy binolari, sohilböylari, plyajlar, texnoparklar barpo etiladi. Loyiha mualliflari ekologik jihatlar va bioturfalikka urğu berganlar.
Loyihaga köra, 1-bosqiçda texnopark va tölqinli basseyn quriladi. Keyingi bosqiç ma'muriy binolar va ilmiy-tadqiqot binolari qurilişini öz içiga oladi. 3-bosqiçda “madaniyat sohili” deb nomlangan obekt barpo etiladi. Şahar markazi 200 gektar maydonga ega raqamli boğdan taşkil topadi.



Yanvarda Toyota kompaniyasi kelajak texnologiyalarini sinaşga imkon beruvçi “aqlli” şahar prototipini quriş rejasini e'lon qilgan. Woven City deb nomlanadigan şahar Xonsyu orolida, Fudziyama toği etagida quriladi. Maydoni 70 gektardan köproqni taşkil qiluvçi şahar qurilişini 2021 yilda boşlaş rejalaştirilgan. Toyota uşbu loyihani bir qator hamkorlari bilan amalga oşiradi.



Şahar aholisi dastlab 2 ming kişini (asosan Toyota xodimlari va ularning oila a'zolari) taşkil qiladi. Biroq keyinroq aholi köpaytirilişi mumkin.











