Rossiyalik muxolifatçi Aleksey Navalniy tibbiy samolyotda Omskdan Germaniyaga olib ketildi. U oğir ahvolda şifoxonada yotgan edi.
TASS xabariga köra, parvoz 5 soat davom etadi. Berlindagi «Şarite» klinikasi şifokorlari uning taşxisi va davolanişi bilan şuğullanişadi. Hozirgi vaqtda uning ahvoli barqaror oğirligiça qolmoqda.
Aleksey Navalniy 20 avgust kuni zaharlaniş taxmini bilan Omsk şahrida reanimatsiyaga yotqizildi. Tomskdan Moskvaga samolyotda qaytayotgan siyosatçi parvoz davomida özini yomon his qila boşlagan. Natijada samolyot Omsk şahriga favqulodda qöndi va u şifoxonaga olib ketildi.
Navalniyning matbuot-kotibi Kira Yarmiş uning ertalab faqat çoy içganini, unga biror narsa qöşib, zaharlaşga uringan bölişlari mumkinligini taxmin qildi.
Reanimatsiyada siyosatçi koma holatiga tuşib qoldi va öpkani sun'iy şamollatiş apparatiga ulandi.
Rossiyalik şifokorlar tahlillardan söng, uning zaharlangani haqidagi taxminni inkor qilişdi va «moddalar almaşinuvi buzilgan» degan taşxisni qöyişdi.
21 avgust kuni uni olib ketiş uçun Nyurnbergdan Omskka tibbiy samolyot uçib keldi. Kreml uning xorijda davolanişiga heç qanday tösiq yöqligini aytsa-da, şifokorlar bemorni olib ketişga ruxsat berişmadi. Bir neça soat davom etgan muzokaralardan söng, Navalniy oila a'zolari bilan Germaniyaga olib ketildi.












