Bektemir tumani Toşkent şahri sanoatining 10 foizini ta'minlaydi. Joriy yilning ötgan davrida bu yerda sanoat mahsuloti 9 foizga, xizmat körsatiş 8 foizga, eksport 11 foizga ösgan.
Uçraşuvda tumanda yangi «ösiş nuqtalari»ni topiş va aholi hayotini yaxşilaş borasidagi rejalar aytib ötildi.

Masalan, Bektemir tumaniga Toşkent viloyatining Örta Çirçiq va Yuqori Çirçiq tumanlaridan jami 1 ming 639 gektar yer ötkaziladi. Natijada tuman hududi 3 ming 472 gektarga yetadi. Buning hisobiga yangi sanoat va xizmat körsatiş obektlari barpo etiş, minglab iş örinlari oçiş imkoniyati yaratiladi.
Yaqin uç yilda tumanda umumiy qiymati 3,3 trillion sömlik 61 investitsiya loyihasi amalga oşiriş rejalaştirilgan. Jumladan, joriy yilda 52 ta şunday loyiha işga tuşirilib, 2 ming 700 dan ziyod yangi iş örni yaratilişi möljallangan.
Tumanda işsizlik darajasi 3,3 foiz, şu jumladan, ayollar orasida 1,7 foiz, yoşlar örtasida 1,5 foiz ekani qayd etildi. Maktabgaça ta'lim muassasalari yetişmasligi, qator mahallalarda içki yöllar holatining yomonligi, kommunal tizimlarda ham kamçiliklar borligi körsatib ötildi.
Yoşlar va xotin-qizlar bandligini oşiriş, kambağallikni kamaytiriş, uy-joyga muhtoj oilalarga uy ajratiş böyiça körsatmalar berildi.
Xizmat körsatiş sohasini keskin rivojlantiriş, yangi ijtimoiy obektlar barpo etiş, kommunal tarmoqlarni quriş va ta'mirlaş, uy-joy fondini kuz-qiş mavsumiga tayyorlaş masalalariga töxtalib ötildi.
Davlat rahbari mahalla raislari, yoşlar yetakçilari bilan muloqot qildi.




















