Foydali xususiyatlari:
- Bulğor qalampiri qon tomirlarini mustahkamlaydi, ortiqça xolesterinni yöqotadi.
- S vitaminiga boyligi nuqtai nazaridan sabzavotlar orasida yetakçi hisoblanadi. Ayniqsa, sabzavotning qalpoqçasi atrofida bu vitamin juda serob.
- S vitamini (askorbin kislota) hujayralarni yoşartiradi, kapillyar tomirlarni mustahkamlaydi, tromboz ehtimolini kamaytiradi.
- Mahsulot tarkibidagi V, RR i A vitaminlari umumiy immunitetni yaxşilaydi. Ular organizmdagi erkin radikallarni neytrallaştiradi, bu esa onkologik kasalliklar profilaktikasida muhimdir.
- Sabzavot tarkibida noyob modda – likopin bölib, u yurak kasalliklaridan himoyalaydi, xavfli ösmalarning rivojlanişiga yöl qöymaydi.
- Bulğor qalampiri içki organlarni tromblardan, patologik özgarişlardan himoyalaydi. Şu bois surunkali kasalligi borlarga tavsiya etiladi.
- Bulğor qalampirining mağzi bilan milklarni işqalaş ularning qonaşini töxtatadi, oğiz böşliği kasalliklarini davolaydi.
- Bulğor qalampiri 90 foiz suvdan iborat bölgani bois parhezbop sanaladi. 100 gramm mahsulot 27 kilokaloriya saqlaydi.
- Bulğor qalampiri ovqat hazm qiliş tizimiga ijobiy ta'sir körsatadi. Ovyatlanişdan avval bir dona bulğor qalampirini öz holiça iste'mol qiliş ovqatning tez va yengil hazm bölişiga yordam beradi.
- Teri, soç va tirnoqlar salomatligida ham ijobiy rol öynaydi.
Bulğor qalampiri va ayollar salomatligi
Bulğor qalampiri ayollar salomatligida beminnat yordamçidir. Homiladorlik davrida sabzavotni pişirilmagan holatda kunlik ravişda iste'mol qiliş homila rivojlanişiga ijobiy ta'sir körsatadi. Kaliy, magniy, fosfor, mis, natriy, rux, marganets, selen moddalariga bölgan kunlik ehtiyojni qondiradi.
Faqat homiladorlikda bulğor qalampiri iste'molida me'yorni unutmaslik lozim. Sabzavotni ortiqça tanovul qiliş köngil aynişi, kekirişga olib keladi. Soğlom odam uçun bulğor qalampirining kunlik me'yori – 1 dona.
Uning siqib çiqarilgan suvidan yuz uçun kosmetik niqob sifatida foydalaniş mumkin.
Ranglar jilosi
Bulğor qalampirining rang-barangligi közni quvnatadi: qizil, yaşil, sariq. Sabzavot rangidan kelib çiqqan holda tarkibi ham özgarib boradi.















