Vazirlar Mahkamasining “Tashkent Pharma Park innovatsion ilmiy-işlab çiqariş farmatsevtika klasterining faoliyatini taşkil etiş va moliyalaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
“Tashkent Pharma Park innovatsion ilmiy-işlab çiqariş farmatsevtika klasterini taşkil etiş” loyihasini moliyalaştiriş uçun Özbekiston Respublikasi Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi tomonidan 50 million dollargaça miqdordagi mablağlar 3 yil imtiyozli muddatni öz içiga olgan holda 10 yil muddatga, yillik 3 foiz stavkada kredit beriladi.
Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi körsatilgan mablağlarni jalb qilişda tuziladigan kredit şartnomasi böyiça Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligining Jamğarma oldidagi majburiyatlari yuzasidan belgilangan tartibda davlat kafolati beradi.
Mazkur kredit mablağlari Farmatsevtika tarmoğini qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamğarmasi, “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlaştiriş davlat markazi” DUK mablağlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boşqa mablağlar hisobidan söndiriladi.
Kreditning hisobini yuritiş, uni qoplaş mablağlarini yiğiş uçun Moliya vazirligi Ğaznaçiligida maxsus hisob-raqam (sömda va AQŞ dollarida) oçiladi.
Loyihani amalga oşiriş uçun Jamğarma hisobidan jalb etilgan kredit mablağlarini öz vaqtida qaytarişni ta'minlaş maqsadida, istisno tariqasida normativ-huquqiy hujjatlar Agentlik, uning böysunuvçi taşkilotlari va Farmatsevtika tarmoğini qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamğarmasiga Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 16 apreldagi “2020 yil uçun Özbekiston Respublikasi Davlat budjetining barqarorligini ta'minlaş va xarajatlarini maqbullaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi 232-son qarori 4-bandi tatbiq etilmaydi.
Kreditni söndiriş uçun mablağlar joriy yilning 1 iyulidan boşlab har 6 oy muddatda kreditni qoplaş maxsus hisob-raqamiga ötkaziladi.
Quyidagilar:
“Tashkent Pharma Park innovatsion ilmiy-işlab çiqariş farmatsevtika klasterini rivojlantiriş Direksiyasi” davlat muassasasi boşqaruv xodimlari umumiy çeklangan soni 12 nafardan iborat bölgan tuzilmasi;
“Tashkent Pharma Park innovatsion ilmiy-işlab çiqariş farmatsevtika klasterini rivojlantiriş Direksiyasi” davlat muassasasining rahbar xodimlari va mutaxassislari mehnatiga haq tölaşning Yagona tarif setkasi böyiça razryadlari tasdiqlanadi.

















