Forbes’ning yozişiça, 21 avgust, juma kuni yakunlangan savdo haftasida Tesla aksiyalari 24 foizdan köproqqa oşgan. Buning ortida Maskning kapitali ham 15 mlrd dollarga ortgan.
Bundan taşqari, Mask yakunlayotgan haftada eng boy odamlarning yetakçi törtligiga kira oldi. Bu Tesla aksiyalari narxi oşişi natijasida tadbirkorning kapitali bir kun içida 7 mlrd dollarga oşgandan keyin yuz bergan.
Milliarderlardan bir hafta içida boyligi eng köp ösgan 2-raqamli inson Quicken Loans ipoteka banki egasi Deniel Gilbert böldi. Uning boyligi 13 mlrd dollarga köpaygan. Buning evaziga Gilbert Forbes röyxatida 20-öringa kötarilib olgan.
Naşrning ta'kidlaşiça, kapitali bir hafta içida eng köp miqdorda ösgan milliarderlarning barçasi bunga texnologik kompaniyalar aksiyalari narxi oşayotgani evaziga erişgan. Jumladan, bu borada 3-örinni Amazon rahbari Jyeff Bezos egallagan. Uning kapitali bir hafta içida 7,6 mlrd dollarga köpaygan.












