Tilla suv yugurtirilgan gardişga ega közoynak East Bristol Auctions auksion uyidagi kimoşdi savdosi vaqtida rekord qiymatga sotilgan.

Közoynakning oxirgi egasiga uni amakisi sovğa qilgan. U esa öz navbatida közoynakni Janubiy Afrikada 1910 yildan 1930 yilgaça faoliyati davomida şaxsan Gandining özidan olgan.

Körinişiça, közoynakning egasi uning qançalik yuqori qiymatga ega ekanligi haqida tasavvurga ega bölmagan va u uçun katta summa olişga umid qilmagan. U şunçaki közoynakni konvert içiga solib, auksion uyining poçta qutisida “Bu közoynak Gandiga tegişli bölgan, menga qönğiroq qiling” degan yozuv bilan qoldirib ketgan. Erkakning keyinroq tan olişiça, u auksion uyiga közoynak “heç narsaga yaramasa, uni taşlab yuborişlari mumkinligini” aytgan.

 “Ehtimol, bu közoynak bizda bölgan eng maşhur közoynak va eng qimmatli tarixiy buyum hisoblanadi. Men közoynak egasiga u çamasi 15 ming funt sterling (20 ming dollar) turişi mumkinligini aytganimda, u menga esankiraganidan stulidan yiqilib tuşgandek tuyuldi”, deb aytgan auksion uyi vakili Endryu Stouv.

Natijada esa közoynak dastlabki baholangan narxidan 17 karra qimmatroqqa sotilgan.