Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev 23 avgust kuni bu yerga taşrif buyurib, Karim Kamolov qabrini ziyorat qildi. Marhum haqiga Qur'on tilovat qilindi.

Özining 47 yillik faoliyati davomida Karim Kamolov çinakam rahbarlik qobiliyati, insoniy fazilatlari bilan ulkan hurmat qozongani, Buxoroning har tomonlama rivojlanişi va obod bölişiga katta hissa qöşgani ta'kidlandi.
Karim Kamolov 1955 yil Buxoro şahrida tuğilgan. Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutini bitirib, mehnat faoliyatini quriliş sohasida boşlagan. 1994-2007 yillarda Buxoro şahri hokimi sifatida samarali mehnat qilgan. Mazkur davrda bu yerda mislsiz bunyodkorlik işlari amalga oşirilib, iqtisodiy-ijtimoiy sohalar izçil rivojlandi. Şaharning 2500 yilligi keng nişonlandi, xalqaro festivallar muvaffaqiyatli ötkazildi. Qadimiy obidalar obod qilinib, turizm infratuzilmasi yaxşilandi.
Karim Jamoloviçning boy bilim va tajribasi 2007-2017 yillarda «20-trest» mas'uliyati çeklangan jamiyat raisi bölib işlagan paytlarida qöl keldi.
Oxirgi yillarda viloyatda yuz berayotgan keng miqyosli özgarişlar ham Karim Kamolov sermahsul faoliyati bilan boğliq böldi. U 2017 yildan Buxoro şahri hokimi, 2020 yil fevraldan Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi sifatida mamlakatimizdagi islohotlarni amalga oşirişda fidokorona mehnat qildi. Xalq deputatlari viloyat va şahar kengaşlari a'zolari qatorida hududning iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotiga xizmat qiladigan muhim qarorlarni işlab çiqişga ham hissa qöşdi.
Karim Kamolovning davlatimiz va xalqimiz oldidagi buyuk xizmatlari munosib taqdirlanib, u «Döstlik», «Mehnat şuhrati» ordenlari bilan mukofotlangan edi.



















