UYeFA xursandligi aniq
«Bavariya» va «PSJ» — final uçun a'lo darajadagi juftlik. Maqom jihatidan ham, afişa uçun ham keng miqyosdagi muxlislar auditoriyasini öziga jalb qiladi. Jamoalar tarkiblari yulduzlar bilan tölgan, ularning ayrimlari, masalan Neymarni nafaqat sport muxlislari, hatto uy bekalari ham yaxşi tanişadi. Umuman olganda, UYeFA rahbariyati mamnun holda qöllarini işqalaşlari mumkin — marketing nuqtayi nazaridan eng yaxşi ssenariy röy berdi, ayniqsa har bir sent misqollab topilayotgan pandemiya davrida.

Bu tomondan olib qaralganida «Leypsig» — «Lion» juftligi haqiqiy falokat bölardi, bu ikki jamoaga hurmat saqlagan holda aytiş lozimki, bu öyin asosan nemislar va fransuzlar uçun qiziq bölib qolardi, xolos. «Bavariya» va «Leypsig» juftligi haqida ham şunga öxşaş gap aytiş mumkin — bu «Bavariya»ning «Borussiya» Dortmundga qarşi finali kabi ham böla olmasdi (2013 yilda bu jamoalar yaxşigina afişa hosil qilişgandi).
Qolaversa, «Leypsig» yoki «Lion» kabi jamoalardan birining finalda öynaşi mavjud tizimga qarşi isyondek qabul qilinişi ham mumkin edi. Nemislar klubi ham futbol oligarxlaridan biriga aylanmoqda, bu jamoa ortida ham «PSJ»da bölgani kabi ulkan transmilliy korporatsiya turadi va pulni ayamaydi. Germaniyadagi boşqa klublarning fanatlari bir bölib bu jamoani yomon körişadi, uni tarixi va an'analariga ega bölmagan, pul evaziga taşkil etilgan sun'iy klub deb bilişadi. «Leypsig» Bundesliganing quyi ligalarida öynayotganidayoq, raqib klublari qoğoz pullar soçib perfomanslar uyuştirişardi.
Asosiy e'tiborini öz tarbiyalanuvçilariga qaratgan «Lion» jahon böylab muxlislar orttirgani aniq. Ammo gap baribir yaxşigina resurslarga ega bölgan fransuz top-klubi haqida ketmoqda: Deloitte kompaniyasi hisobotiga köra, «Lion» 2018/19 yilgi mavsumda Yevropaning eng köp daromad körgan klublari yigirmataligiga kirgan (220 million yevro daromad va röyxatda 17-örin).
Futbolda romantikani ustun qöyadigan bölsak, finalga «Malmyo» yoki «Fexervar», yoki «Bryugge»ni çiqariş ham mumkin böladi. Yöq, «PSJ» va «Bavariya» bölgani yaxşi. Qolaversa, ular öz öyini bilan şunga munosib bölişdi.
10 öyinda 42 gol
Myunxenliklar bilan barçasi tuşunarli. Uşbu jamoa 2020 yilda birorta öyinda mağlub bölmadi, koronavirus tanaffusidan keyingi öyinlarning barçasida «Bavariya» ğolib çiqdi — bundesligada ham, Germaniya Kubogida ham, Çempionlar ligasida ham. 3:0, 7:2, 3:2, 2:0, 6:0, 3:1, 3:0, 4:1, 8:2, 3:0 — bu uşbu klubning Çempionlar ligasining joriy mavsumida qayd etgan natijalari. Bu futbol hisoblari, hokkey emas. Örtaça samaradorlik — bir öyinga 4,2 golga teng.














