2020 yilning 24 avgust kuni Özbekiston taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Italiyaning favqulodda va muxtor elçisi etib tayinlangan Agostino Pinnani qabul qildi.
TIV xabariga köra, suhbat çoğida ikki mamlakat örtasidagi özaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlaşning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar turli darajadagi bölajak qöşma tadbirlarni ötkaziş vaqti böyiça fikr almaşdilar.
Ta'kidlanganidek, Özbekiston tomoni Italiya bilan savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirişga alohida e'tibor qaratmoqda. Şu nuqtayi nazardan, tomonlar aniq loyihalarni, şuningdek, uşbu yönalişda ilgari erişilgan ustuvor vazifalar, xususan, 2019 yil may oyida Rimda bölib ötgan Hukumatlararo işçi guruhining 6-yiğilişi doirasidagi kelişuvlarni amalga oşirişdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.
Qayd etilganidek, joriy yil 25 avgust kuni oçiliş marosimi bölib ötişi rejalaştirilgan Termiz şahridagi «Veneto» savdo uyi ikki mamlakat işbilarmon doiralari örtasidagi aloqalarni yanada kengaytirişga xizmat qiladi.
Uçraşuvda madaniy-gumanitar sohadagi aloqalarni rivojlantiriş masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Muzokaralarda tomonlarni qiziqtirgan boşqa masalalar ham körib çiqildi.












