WeChat ilovasining bir guruh foydalanuvçilari AQŞ prezidenti Donald Tramp ma'muriyatining uşbu ilovani AQŞda taqiqlaş töğrisidagi farmonini bekor qilişni sörab sudga murojaat qildi.
San-Fransisko okrug sudiga taqdim etilgan arizada ta'kidlanişiça, Trampning mazkur farmoni AQŞ Konstitutsiyasiga ziddir. Da'vo arizasi AQŞda röyxatga olingan WeChat Users Alliance notijorat taşkiloti, qator kiçik korxonalar va jismoniy şaxslar tomonidan berilgan, deb yozadi The Wall Street Journal.
Ta'kidlanişiça, da'vogarlar WeChat ilovasi yoki uni işlab çiqqan Tencent kompaniyasiga aloqador emas. Ularning sözlariga köra, alyans biznes va şaxsiy hayotida uşbu ilovadan foydalanuvçilar tomonidan taşkil etilgan.
Dunyo böyiça foydalanuvçilari soni 1,2 mlrd kişidan oşuvçi WeChat özida ijtimoiy tarmoq, messenjer, mobil tölovlar platformasi, marketing platformasi va boşqa funksiyalarni mujassamlaştirgan.
Avgust boşida Tramp AQŞda WeChat ilovasidan foydalanişni taqiqlaş közda tutilgan farmonni imzolagandi.
WeChat foydalanuvçilari manfaatlarini himoya qiluvçi advokat Maykl Benning qayd etişiça, uşbu taqiq söz erkinligini poymol qilişdan taşqari, kelib çiqişi xitoylik bölgan amerikaliklarning huquqlarini buziş hamdir.













