Yunusobodda mast holatda bo‘lgan IIBB sobiq xodimi yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolani urib yubordi
Yunusobod tumanida sodir bo‘lgan YTH haqida ma'lumot berildi.

Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Yunusobod tumanida ichki ishlar organi xodimi ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi haqida xabarlar tarqaldi.
Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, 24 avgust kuni taxminan soat 01:10da Yunusobod tumani Yunusota ko‘chasida “Kobalt” rusumli avtomobil haydovchisi 31 yoshli T.A. (Toshkent shahar IIBB sobiq xodimi, shahodatlash komissiyasidan o‘tmagach, rahbariyatning buyrug‘i asosida joriy yilning 20 avgust kuni ichki ishlar organlaridan bo‘shatilgan) piyodalarning tartibga solinmagan o‘tish joyidan onasi bilan o‘tayotgan yosh bolani urib yuborgan.
Qayd etilishicha, YTH oqibatida 2 yoshli T.Ch. badan shikastlari bilan shifoxonaga yetkazilgan.
YTHning taxminiy sababi: tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra haydovchi spirtli ichimlik ta'siri ostida bo‘lgan va piyodalarni ko‘rmay qolgan.
Mazkur fakt asosida Yunusobod tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266 moddasi 1 qismi (“Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Hozirda olib borilayotgan tergov ishlarining yakuniga ko‘ra qonuniy chora ko‘riladi, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Yo‘llarda drift qilish, yo‘laklarni «shaxmat» kabi almashtirish – «prava»dan mahrum bo‘lishga sabab bo‘ladi
O‘zbekiston | 17:09 / 22.02.2025
“O‘tgan yili 1 km navbat bo‘lsa ham gaz quyardik” - vodiyda metan muammosi
O‘zbekiston | 10:10 / 22.02.2025
500 milliard dollarlik nafrat: Tramp nega Zelenskiyni yomon ko‘rib qoldi?
Jahon | 22:53 / 21.02.2025
Jarima ballari 12 balldan oshsa haydovchi transportni boshqarish huquqidan mahrum qilinadi
O‘zbekiston | 10:43 / 21.02.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp: Ukrainadagi urushni bir necha hafta ichida tugatishimiz mumkin
Jahon | 00:53
-
Namanganda Lacetti urib yuborgan 11 yoshli qiz halok bo‘ldi
O‘zbekiston | 00:12
-
BMT Ukraina bo‘yicha ikkita rezolyutsiyani qabul qildi. AQSh Rossiya bosqinini qoralovchi rezolyutsiyaga qarshi ovoz berdi
Jahon | 23:58 / 24.02.2025
-
«Juda yaxshi suhbat». Zelenskiy G7 yig‘ilishi doirasida Tramp bilan gaplashib oldi
Jahon | 23:38 / 24.02.2025
Mavzuga oid

00:30 / 07.02.2025
Toshkentning ikki tumanida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi

17:42 / 23.01.2025
Toshkentda 5 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

11:06 / 01.01.2025
Toshkentda 5 ta avtomashina o‘zaro to‘qnashdi

12:29 / 27.12.2024