15:00 / 25.08.2020
11079
Reklama

Dream City Seoul Mun yangi ulkan savdo ko‘chmas mulki loyihasini namoyish etdi

Sohil bo‘yidagi Seoul Mun 22 000 m² ochiq osmon ostidagi terassali savdo maydonlariga ega.

20 avgust kuni Dream City Development kompaniyasi sotuv ofisi binosida yangi, ulkan hamda o‘zgacha loyiha – sohil bo‘yidagi Seoul Mun'ni namoyish etdi. Tadbir sanitariya-epidemiologiya xavfsizligining barcha tavsiyalariga muvofiq o‘tkazildi.

Seoul Mun – koreys tilidan so‘zma-so‘z tarjima qilinsa «Seul darvozasi» ma'nosini anglatadi. Mazkur o‘zgacha loyiha puxta o‘ylanib, dam olish va savdo ko‘chmas mulk maydonlarini uyg‘unlashtirgan. U O‘zbekiston va Janubiy Koreya do‘stligi hamda sherikligidan ilhomlanib Toshkent markazida Bo‘rijar kanalining sohilida bunyod etilmoqda. Toshkent markazidagi «Seul darvozasi» ikki mamlakatning eng yaxshi jihatlari, o‘zaro bog‘liqligining ramzi.

Dream City sotuv ofisida loyihaning taqdimoti vaqtida va savdo boshlangach u Koreya madaniyati ilhomini o‘zida mujassam etgan «jonli» ko‘rgazmaga aylandi.

Sotuv ofisiga tashrif buyurib tabiatni asrab-avaylagan holda an'anaviy binolarning me'moriy asoslarini soy bilan uyg‘unlashganini ko‘rishingiz mumkin. Tashrif buyuruvchilarni kirishda koreys an'anaviy milliy liboslaridagi qizlar kutib oldi va mehmonga taklif qildi.

Namoyish zali markazida Seoul Mun loyihasi maketi joylashgan. Bu yerda barcha tashrif buyuruvchilar qirg‘oq panoramasining ko‘rinishini, sayr yo‘laklari, savdo maydonlari qanday ko‘rinishda bunyod etilishi hamda obektning qulay infratuzilmasi qanday bo‘lishini tasavvur qilishlari mumkin.

Dream City Development sotuv bo‘limi direktori va uning o‘rinbosari, strategik rivojlanish bo‘yicha menejyerlarni shaxsan o‘zlari ma'ruza qilib yig‘ilgan mehmonlarga o‘ziga xos konsepsiya dunyodagi eng yirik tijorat ko‘chmas mulk mutaxassislari: Knight Frank va Cushman & Wakefield tomonidan ishlanganini ma'lum qildilar.

Dream City kompaniyasi barchani sotuv ofisiga kechikmasdan tashrif buyurishga va Seoul Mun loyihasi hududida eng katta biznes imkoniyatlarini kashf etishga taklif qiladi.

Sotuv ofisi dam olish kunlarisiz 09:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.

Manzil: Toshkent shahri, Furqat ko‘chasi, Tashkent City XIM.

Mo‘ljal: Xalqlar do‘stligi maydonidan Alisher Navoiy shoh ko‘chasi tomon yo‘l.

Sayt: www.seoulmun.uz

Telegram: www.t.me/dreamcityuz

Facebook: www.fb.com/dreamcity.uz

Instagram: @dreamcity.uz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top